O‘zbekiston Prezidenti Qozondagi Kreml obidalari bilan tanishdi

Tatariston Respublikasiga tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Qozon Kremli” tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasida bo‘ldi. Davlatimiz rahbariga Tatariston Raisi Rustam Minnixanov hamrohlik qildi. Qozondagi Kreml YUNЕSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Qozonning eng qadimgi qismi bo‘lib, shaharning ko‘p asrlik tarixini o‘zida mujassam etgan me’moriy, tarixiy va arxeologik yodgorliklardan iborat. Bu yerda O‘zbekiston Prezidenti Qul Sharif…

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 5-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Qozon va Moskva shaharlarida bo‘ladi, tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi,…

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Germaniyaga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan 28-sentabr kuni tashrif bilan Berlin shahriga keldi. “Berlin-Brandenburg” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Berlin federal o‘lkasi ichki ishlar, raqamlashtirish va sport vaziri Iris Shpranger va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Ertaga, 29-sentabr kuni O‘zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari sammitida ishtirok…

O‘zbekiston Prezidenti Germaniyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan 28-sentabr kuni amaliy tashrif bilan Berlin shahriga jo‘nab ketdi. Avval xabar qilinganidek, davlatimiz rahbari Germaniya poytaxtida bir qator rasmiy va ishbilarmonlik uchrashuvlarini o‘tkazadi, Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari formatidagi tadbirlarda ishtirok etadi.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Germaniyaga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan 28-30-sentabr kunlari amaliy tashrif bilan Berlin shahrida bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, Federal Kansler Olaf Shols va Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi, shuningdek, Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlarining uchrashuvlari rejalashtirilgan. Mamlakatimiz yetakchisi Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan…

Mahalla tizimini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-sentabr kuni mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Mamlakatimizda barcha ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar aholi talabidan kelib chiqib, joylarda amalga oshirilmoqda. Buning uchun mahallalarga ko‘plab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berildi. Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi hamda profilaktika inspektoridan iborat “beshlik tizimi” tashkil etildi. Lekin…

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston bilan parlamentlararo aloqalarni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

26-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi Torag‘asi Nurlanbek Shakiyevni qabul qildi. O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv avvalida Qirg‘iziston parlamenti raisi davlatimiz rahbariga Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning salomi va eng…

O‘zbekiston Prezidenti “BYD” kompaniyasining mamlakatimizda avtomobillar ishlab chiqarishni to‘liq yo‘lga qo‘yish rejalarini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-sentabr kuni Xitoyning yetakchi “BYD” kompaniyasi prezidenti va asoschisi Van Chuanfu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Ta’kidlash joizki, “BYD” kompaniyasi zamonaviy elektromobillar va yangi avlod akkumulator batareyalarini ishlab chiqarish sohasida global yetakchi hisoblanadi. Bir yilda 2 million dona mashina ishlab chiqaruvchi ushbu konsern dunyo avtomobil sanoati rivojlanishining asosiy tendensiyalarini belgilab bermoqda.…

Temir yo‘l sohasini isloh qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-sentabr kuni temir yo‘l sohasini isloh qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. So‘nggi yetti yilda mamlakatimizda sanoat korxonalari ko‘payib, 110 mingtaga yetdi. 2 mingdan ziyod yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Eksport hajmi 1,6 barobar oshib, o‘tgan yili 19 milliard dollarga yetdi. Bularning natijasida mamlakatimizda yuk aylanmasi 30 foizga oshgan.…

Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-sentabr kuni aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Mamlakatimizda aholi salomatligini yaxshilash va hayot sifatini oshirishga qaratilgan ko‘plab ijtimoiy, hududiy dasturlar bajarilmoqda. Xususan, so‘nggi olti yilda ichimlik suvi sohasiga davlat budjetidan 14 trillion 500 milliard so‘m yoki oldingi davrga nisbatan 6 baravar ko‘p mablag‘ ajratilgan. 31 ming kilometr…