Turkmaniston yetakchisi O‘zbekiston Prezidentini tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabrikladi

v O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat avvalida Turkmaniston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, qardosh O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi. O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash…

Prezident: Har bir insonga munosib sharoit yaratish maqsadimiz va burchimiz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Xastimom mahallasida bo‘ldi. Bu yerda 1 ming 500 nafardan ziyod aholi yashaydi. Ularning ko‘pchiligi hunarmandchilik va savdo bilan shug‘ullanadi. Davlatimiz rahbari xonadonlardagi sharoitlarni kirib ko‘rdi, aholi vakillari bilan suhbatlashdi. Nuroniylar mahalladagi turmush tarzi, yoshlarning kasb-kori haqida so‘zlab berishdi. Yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarga fayzu baraka tilab duo qilindi. Ma’lumki, mamlakatimizning…

Toshkent shahri tumanlaridagi dolzarb vazifalar ko‘rsatib o‘tildi

Davlatimiz rahbari 2019-yilda Chilonzor tumaniga tashrifi chog‘ida «Oriyent keramik» korxonasini borib ko‘rgan, uning faoliyatini kengaytirish muhimligini aytgan edi. Shundan so‘ng Sergeli tumani hududida yana bir zavod qurilib, xorijdan ilg‘or texnologiya keltirib o‘rnatildi. Korxona shu yil iyun oyida faoliyat boshlab, 450 kishi ish bilan ta’minlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev uning ish jarayoni bilan tanishib, mahsulotlar sifatini ko‘zdan…

Prezident poytaxtimizdagi yirik ishlab chiqarish korxonasida bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-iyul kuni Toshkentning Sergeli tumanidagi “Alutex” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Mamlakatimizda muqobil energetikani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlangan. Bu alyumin profillarga talabni oshirmoqda. Joriy yil may oyida “Alutex” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan oyna va quyosh panellari uchun profillar tayyorlash loyihasi ishga tushirildi. Bu korxona…

Prezident Toshkentdagi infratuzilma loyihalarini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-iyul kuni Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. So‘nggi yillarda Tashkent city majmuasida ulkan inshootlar barpo etildi. Ayni paytda uning “Paxtakor” metro bekati tarafida yirik savdo markazi qurilmoqda. Davlatimiz rahbari bu yerda bo‘lib, piyodalar va avtomobillar uchun sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Kelgusida harakat yanada ko‘payishini inobatga olib, Botir Zokirov va Navoiy ko‘chalari kesishmasida…

O‘zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoniga tashrifi yakunlandi

Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. Tashrif dasturiga muvofiq davlatimiz rahbari 19-iyul kuni Jidda shahrida “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Tadbir doirasida Saudiya Arabistoni…

O‘zbekiston Prezidenti umra amallarini bajardi

Davlat rahbari lavozimiga saylanganidan keyin ilk xorijiy tashrif bilan Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muqaddas Makka shahriga bordi. 19-iyul – islom olamida boshlangan hijriy 1445-yil muharram oyining birinchi kunida davlatimiz rahbari ehromga kirib, umra amallarini bajardi. Ka’batullohning ichida namoz o‘qish sharafiga muyassar bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev dinimiz arkonlariga muvofiq Baytulloh atrofida yetti…

O‘zbekiston Prezidenti va Saudiya Arabistoni Valiahdi keng ko‘lamli sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-iyul kuni Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi va Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining birinchi sammiti doirasida Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi. Valiahd davlatimiz rahbarini bo‘lib o‘tgan Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan dildan qutlab, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” oliy darajadagi birinchi sammitidagi nutqi

Bismillahir rahmonir rahim! Muhtaram delegatsiyalar rahbarlari! Hurmatli Bosh kotib janoblari! Barchangizni bugun “Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” oliy darajadagi birinchi sammitida ko‘rib turganimdan g‘oyat mamnunman. Mo‘tabar bo‘lgan Makkaning ramziy darvozasi – go‘zal va betakror Jidda shahridagi tarixiy uchrashuvimizni anchadan beri kutayotgan edik. Ushbu nufuzli anjumanimizni o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqani hamda tadbir yuksak saviyada tashkil…

O‘zbekiston Prezidenti Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-iyul kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi yetakchilarining birinchi sammitida ishtirok etdi. Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Shayx Muhammad bin Salmon Ol Saud raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,…