O‘zbekiston Prezidenti “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

6-iyun kuni Pekin shahrida “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbir ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi. Bitimning imzolanish marosimi munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ham o‘z murojaatlarini yo‘lladi. Davlatimiz rahbari…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi ishtirokchilariga tabrik so‘zi

Hurmatli tadbir ishtirokchilari! Xonimlar va janoblar! «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimining barcha ishtirokchilarini samimiy qutlashdan mamnunman. Bu mamlakatlarimiz o‘rtasida qaror topgan an’anaviy yaqin va ko‘p qirrali hamkorlik rivojidagi chinakam tarixiy voqeadir. Bugun biz birgalikda keng mintaqamizda iqtisodiy va transport aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan muhim…

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari keng ko‘lamli hamkorlikni yanada kengaytirishga intilish qat’iy ekanini tasdiqladilar

Anqara shahridagi Prezident saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarlari butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Qurbon hayiti bilan bir-birlarini samimiy qutladilar. Muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, ko‘p qirrali hamkorlikni, avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy va…

O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

6-iyun kuni Anqara shahridagi Prezident saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Turkiya davlat madhiyalari yangradi. Ikki davlat yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar. Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari o‘tmoqda. Tomonlar O‘zbekiston-Turkiya…

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya aerokosmik kompaniyasida bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqara shahriga rasmiy tashrif doirasida 6-iyun kuni “Turkish Aerospace Industries Inc.” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. Davlatimiz rahbariga kompaniya mahsulotlari namunalari, ishlab chiqarish jarayoni va xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy hamkorlik natijalari taqdimot qilindi. 1984-yilda tashkil etilgan kompaniya turg‘un va aylanma qanotli havo texnikasi, uchuvchisiz uchish qurilmalari va sun’iy yo‘ldoshlarni loyihalashtirish, ishlab…

O‘zbekiston Prezidenti Anqaraga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Turkiyaga rasmiy tashrif bilan keldi. Poytaxtning “Esonbug‘a” aeroportida davlatimiz rahbarini Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Ertaga ikki mamlakat yetakchilari raisligida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Muzokaralar doirasida O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya,…

O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 5-iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishini o‘tkazadilar. Tashrif dasturida ikki mamlakatning yetakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan birinchi qo‘shma uchrashuvda ishtirok etish ham ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Prezidenti mamlakatimiz tez fursatda JSTga a’zo bo‘lishi muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-iyun kuni Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori doktor Ngozi Okonjo-Ivealani qabul qildi. Uchrashuvda mamlakatimizning JSTga qo‘shilishi borasida ko‘rilayotgan amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi. Qisqa muddat ichida Ishchi guruhning ikkita yig‘ilishi o‘tkazilgani, a’zo mamlakatlar bilan faol muzokaralar olib borilayotgani, qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash shartlari muhokama qilina boshlangani va milliy qonunchilikni tashkilotning me’yor…

Prezident o‘zbekistonlik hojilar holidan xabar oldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Musulmonlar idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlatimiz rahbari muborak Haj ziyoratiga tayyorgarlik jarayonlari, yurtdoshlarimiz uchun yaratilgan sharoitlar, ularning salomatligi va kayfiyati haqida so‘radi. Shayx Nuriddin Xoliqnazar Shavkat Mirziyoyevga, avvalo, muborak joylarda ibodat fayzi bilan yurgan hojilarimizning salomi va duolarini yetkazdi. Bu yil ham Haj…

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan ustuvor investitsiya loyihalarining borishini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyun kuni O‘zbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, «ACWA Power» kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qildi. Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari, shu jumladan qo‘shma investitsiya loyihalarining borishi ko‘rib chiqildi. Davlatimiz rahbari «ACWA Power» bilan samarali sheriklik olib borilayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Ushbu kompaniyaning mamlakatimiz energetika tarmog‘ini «yashil»…