O‘zbekiston va Koreya Respublikasi Prezidentlari ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish rejalarini muhokama qildilar
21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki mamlakat yetakchilarining joriy yil sentyabr oyida Nyu-York shahrida BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishi doirasida…