Qirg‘izistonga tashrif yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Cho‘lponota shahriga amaliy tashrifini yakunladi. Bugun davlatimiz rahbari Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan muzokara o‘tkazdi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etib, mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Aeroportda oliy martabali mehmonni Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident…

O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MirziyoyevтCho‘lponota shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etdi. Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov raisligida o‘tgan tadbirda Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Nurmuhammad Amannepesov ham qatnashdi. Kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” ikkinchi sammitidagi nutqi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Navbatdagi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi yetakchilar uchrashuvining barcha ishtirokchilarini qutlashdan mamnunman. Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti hurmatli Sadir Nurg‘ojoyevich Japarovga sammit a’lo darajada tashkil etilgani hamda mintaqamizning eng xushmanzara maskanlaridan biri – Cho‘lponota shahrida ko‘rsatilayotgan har doimgidek iliq, samimiy mehmondo‘stlik uchun bildirilgan minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman. Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel janoblariga ham…

O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi bilan keng ko‘lamli sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-iyun kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Pak Chin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, keng ko‘lamli hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik sohalarda kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv avvalida tashqi…

O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvda ishtirok etish uchun 2-iyun kuni amaliy tashrif bilan Cho‘lponota shahrida (Qirg‘iz Respublikasi) bo‘ladi. Tadbirda mintaqamiz davlatlarining rahbarlari va Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Kun tartibidan Markaziy Osiyo mamlakatlarining Yevroittifoq bilan konstruktiv muloqotini yanada rivojlantirish va amaliy…

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya yetakchisini Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-may kuni telefon orqali muloqotda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni bugun bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida erishgan ishonchli, tarixiy g‘alabasi bilan samimiy qutladi. Saylovning ikkinchi turida saylovchilar ishtirokining yuqori darajasi va ovoz berish natijalari do‘st Turkiya xalqi amaldagi davlat rahbarining siyosati va islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlayotganining ishonchli ifodasi ekani qayd etildi.…

O‘zbekiston Prezidenti «Air Products» kompaniyasi tomonidan yuqori texnologik loyihalar amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-may kuni «Air Products» kompaniyasi bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemini qabul qildi. O‘zbekiston iqtisodiyotining strategik tarmoqlarida yuqori texnologik loyihalarni ilgari surishda AQSHning o‘z yo‘nalishida global yetakchi bo‘lgan ushbu kompaniyasi bilan  amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Davlatimiz rahbari kompaniya rahbarini 1 milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilgan holda Qashqadaryo…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishidagi nutqi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishi ishtirokchilarini qutlashdan mamnunman. Hamkasblarimning so‘zlariga qo‘shilgan holda, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti hurmatli Vladimir Vladimirovich Putinga ushbu uchrashuvimizni tashkil etgani uchun minnatdorlik bildiraman. Hech shubhasiz, Rossiyaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga samarali raisligi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surishga xizmat qiladi. Hurmatli hamkasblar! O‘zbekiston YOII huzuridagi kuzatuvchi davlat sifatida Birlashma…

Qabul qilingan hujjatlar ko‘p qirrali O‘zbekiston-Singapur munosabatlarining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Xususan, tashrif davomida quyidagi hujjatlar imzolandi: – O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Singapur Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik to‘g‘risida memorandum; – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Singapur Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum; – O‘zbekiston Respublikasi…

O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar

Bugun, 24 may kuni, “Ko‘ksaroy” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqubning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida Singapur Prezidenti mamlakatimiz rahbariga O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelish taklifi va Singapur delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan iliq qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Bo‘lajak O‘zbekiston Prezidenti saylovida katta muvaffaqiyatlar tiladi. Ushbu oliy darajadagi tashrif ikki mamlakat…