Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va transport infratuzilmasini rivojlantirish ishlari bilan tanishildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida qator obyektlarga tashrif buyurdi. Ob-havo noqulayliklari va harorat pasayishi davrida infratuzilma obyektlarida muammo kelib chiqishining oldini olish, yo‘llarning sifati va xavfsizligini ta’minlash kabi vazifalar bugungi kunda o‘ta dolzarb ahamiyatga ega…