Davlat rahbarlari O‘zbekistonning madaniy merosi ko‘rgazmasi bilan tanishdi va birgalikda daraxt ekdi

Samarqanddagi oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng, Prezident Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdi. Unda mamlakatimizning 7 ta muzeyidan eksponatlar jamlangan. Xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyati haqida asavvur beruvchi bu nodir ashyolar xronologik ekskursiya tarzida joylashtirilgan. Ma’lumki, yurtimiz hududi transkontinental aloqalar rivojlanishi bilan savdo, fan, ta’lim, madaniyat va…

O‘zbekiston Prezidenti Fransiya taraqqiyot agentligi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahrida o‘tayotgan O‘zbekiston-Fransiya biznes forumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya taraqqiyot agentligi rahbari Remi Riu bilan uchrashuv o‘tkazdi. Fransiyaning ushbu davlat moliyaviy muassasasi bilan 1 milliard yevrolik Strategik hamkorlik dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etdi. Prezidentimiz agentlikning budjetni qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik doirasidagi loyihalarning…

“Boehringer Ingelheim” kompaniyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya biznes forumi doirasida “Boehringer Ingelheim” kompaniyasi raisi Kristian Vijsen bilan uchrashuv o‘tkazdi. Kompaniya bio- va onkologik preparatlarni shartnoma asosida ishlab chiqish va ishlab chiqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniyalarning yetakchi yigirmataligiga kiradi. Uchrashuv chog‘ida birgalikda onkologik dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Prezidenti “Lactalis” kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya biznes forumi doirasida “Lactalis” kompaniyasi raisi Emmanuel Bene bilan uchrashdi. Kompaniya dunyodagi sut va pishloq mahsulotlarining eng yirik ishlab chiqaruvchisidiri. Uning tasarrufida 52 ta mamlakatdagi 270 ta zavod faoliyat yuritmoqda. Uchrashuv chog‘ida davlatimiz rahbari kompaniyaning Namanganda sut mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasidagi rejalarini qo‘llab-quvvatladi.

O‘zbekiston Prezidenti “Meridiame” kompaniyasi raisi bilan uchrashdi

Samarqandda o‘tayotgan O‘zbekiston-Fransiya biznes forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Meridiame” kompaniyasi raisi Terri Do bilan uchrashdi. Kompaniya Yevropa, Shimoliy Amerika va Afrikada infratuzilma sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. O‘n bitta mamlakatda ofislariga ega. Aktivlari – 18 milliard yevro. Uchrashuvda kompaniyaning “Yangi Toshkent”ni barpo etish doirasida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama…

O‘zbekiston Prezidenti “Semmaris” kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya biznes forumi doirasida “Semmaris” kompaniyasi raisi Stefan Layani bilan uchrashdi. Kompaniya yillik aylanmasi 9 milliard yevro bo‘lgan dunyodagi eng katta oziq-ovqat logistika markazining egasidir. Butun jahon bo‘ylab samarali ulgurji oziq-ovqat bozorlarini qurish va boshqarishda ilg‘or tajriba to‘plagan. Davlatimiz rahbari kompaniyaning Samarqand, Andijon va Toshkent viloyatlarida agrologistika majmualarini qurish borasidagi…

“EDF” kompaniyasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan O‘zbekiston-Fransiya biznes forumi doirasida “EDF” kompaniyasi raisi va bosh direktori Lyuk Remon bilan uchrashuv o‘tkazdi. «EDF» dunyodagi atom elektr stansiyalarini boshqarish bo‘yicha eng yirik kompaniya bo‘lib, aktivlari qiymati 427 milliard dollarni tashkil etadi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va tarqatish bilan shug‘ullanadi. Suhbatda Prezidentimiz kompaniyaning Sirdaryo va Surxondaryodagi…

O‘zbekiston Prezidenti «Orano» kompaniyasi raisi bilan uchrashdi

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahrida o‘tayotgan O‘zbekiston-Fransiya biznes forumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Orano» kompaniyasi raisi Klod Imoven bilan uchrashdi. “Orano” – uran va yadro yoqilg‘isini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yirik kompaniyasi, aktivlari qiymati 29 milliard yevrodan ortiqni tashkil etadi. Uchrashuvda geologiya-qidiruv ishlari va uran qazib chiqarish borasidagi hamkorlikni kengaytirish…

O‘zbekiston va Fransiya yetakchilari qo‘shma biznes forumida ishtirok etdilar

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Samarqand shahrida qo‘shma biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Uning ishida ikki davlat rahbarlari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil noyabr oyida Fransiyaga rasmiy tashrifi davomida ham ushbu mamlakat ishbilarmon doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashgan. O‘shanda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish yuzasidan aniq kelishuvlarga…

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Qo‘shma bayonot qabul qildilar. Hujjatda ikki davlatning o‘zaro munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarish niyati qayd etilgan. Ikki tomonlama hamkorlikning joriy holatiga hamda turli sohalarda davlatlararo munosabatlarni chuqurlashtirish istiqbollariga baho berilgan, tomonlar xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga, dolzarb global…