Qarshi shahrida Ona va bola salomatligi tibbiyot markazi barpo etildi

Qarshi shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiali barpo etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu muassasani borib ko‘rdi. Joriy yil 8 sentyabrda davlatimiz rahbarining “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va…

Prezident Qarshidagi mahallada mehmon bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Qarshi shahridagi Oydin mahallasida bo‘lib, aholi turmushi, hududdagi obodlik va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda 11 mingga yaqin aholi yashaydi. Hududda ikkita maktabgacha ta’lim tashkiloti, bitta umumta’lim maktabi mavjud. Joriy yilda yana uchta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi. Mahallada xizmat ko‘rsatish sohasi, tikuvchilik va hunarmandchilik…

Prezident Qarshi tumanidagi maktabda bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev safar dasturida nazarda tutilmagan manzillar bilan tanishishda davom etmoqda. Qarshi tumani markazi – Beshkent shahridagi 12-maktab ham rejalashtirilmagan holda borib ko‘rildi. Bu yerda ayni paytda 1 ming 400 ga yaqin o‘g‘il-qiz o‘qimoqda. Ularga yuzdan oshiq malakali pedagoglar ta’lim bermoqda. Maktab o‘tgan yili kapital ta’mirlangan. O‘quvchilarga bitta kasb-hunar va ikkita xorijiy tilni o‘rgatish…

Qarshi tumanida yangi shifoxona quriladi

Davlatimiz rahbari Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida rejadan tashqari tarzda Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga bordi. Uning binosi o‘tgan asrning 60-70-yillarida qurilgan. Shifoxona 228 bemor o‘rniga va poliklinika 250 qatnovga mo‘ljallangan. Hozirda tumandagi 243 ming aholiga xizmat ko‘rsatadi. Lekin bu yerdagi sharoitlar shuncha qamrovga va zamon talabiga mos emas. Ayrim jihozlarni yangilashga zarurat bor. Prezidentimiz tibbiy bo‘limlar va…

Aholiga munosib turmush sharoitlari yaratish — islohotlarning asosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan tanishish maqsadida 24-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatiga keldi. Davlatimiz rahbari butun faoliyati davomida har bir soha bo‘yicha bevosita joylarga chiqib, xalq bilan muloqot qilib, aholi hayotidan kelib chiqib ish yuritadi. Mamlakatimiz hududlariga tashriflardan asosiy maqsad — qishloq aholisining turmush darajasini ko‘tarish, tumanlarni sanoatlashtirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, ijtimoiy sharoitlarni…

Prezident Qashqadaryoda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi turmushi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Tashrif davomida sanoat korxonalari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, mahallalarda bo‘lish rejalashtirilgan. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yil yakunigacha va kelgusi yilda amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash choralari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-oktabr kuni hududlarda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yaxshilash, oziq-ovqat ekinlarini ekish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan hududiy va ijtimoiy dasturlarda ichimlik suvi ta’minoti alohida o‘rin egallaydi. Bu borada xizmat sifatli va doimiy bo‘lishi uchun narx mutanosibligi muhim. Tahlillarga qaraganda, bugungi kunda 1 kub metr ichimlik suvi tannarxi…

O‘zbekiston Prezidenti AQSH delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-oktabr kuni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)  administratori Samanta Pauer boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Delegatsiya Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSHning vazirlar darajasidagi taraqqiyot masalalari bo‘yicha uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turibdi. Konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonda USAID bilan hamkorlikda sog‘liqni saqlash, ta’lim, “yashil”…

O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Muhtaram vatandoshlar!  Siz, azizlarni jonajon yurtimizda keng nishonlanayotgan qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Hech shubhasiz, azaliy qadriyatlarimiz gultoji bo‘lgan ona tilimiz asrlar sinovidan bezavol o‘tib kelayotgan buyuk va bebaho ma’naviy boyligimizdir. Mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni va ahamiyatini oshirish, uni zamon talablari asosida rivojlantirish masalasini biz…

2024-yil uchun davlat budjetining asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yil uchun davlat budjetining asosiy yo‘nalishlari hamda tarmoq va hududlarda amalga oshiriladigan vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Davlat budjeti daromadlarini ko‘paytirish, xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha har bir soha, tarmoq va hududlar kesimida mavjud zaxira va imkoniyatlar atroflicha tahlil qilindi. Avvalo, yirik sanoat tarmoqlarida xarajatni qisqartirish orqali tannarxni kamaytirish bo‘yicha aniq vazifalar…