Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi
Yurtimizda Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari rag‘batlantirilib, salomatligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, shu kunlarda ularning bir guruhi sanatoriylarda davolanmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni Toshkent shahridagi “Chinobod Plaza” sanatoriysiga borib, urush qatnashchilari holidan xabar oldi. Anorboy ota Jalilov, Ashir ota O‘sarov, Antonina Kolomenseva, To‘lagan ota Imomov, Abbos ota Appanov…











