O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan BAAda bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 30-noyabr – 2-dekabr kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun Dubay shahrida bo‘ladi. Iqlim bo‘yicha global sammitda dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarining davlat va hukumatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar rahbarlari qatnashadi.…