Yangi agrologistika markazining eksport rejalari ulkan

Prezident Shavkat Mirziyoyev “BMB Holding” kompaniyasining Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi agrologistika majmuasini borib ko‘rdi. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi eksportining salohiyati yuqori. Bunda mahsulotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va sotishning barcha bosqichlarini qamrab olgan agrologistika markazlari juda muhim. “BMB Holding” kompaniyasining o‘tgan yil dekabrda ishga tushgan majmuasi ham shulardan biri. Bu loyihaning umumiy qiymati 57 million…

Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Xalqimiz uchun asrlar davomida ezgulik, mehr-oqibat, xayru saxovat, ma’naviy poklanish ayyomi bo‘lib kelayotgan muborak Ramazon oyini bu yil yurtimiz mo‘min-musulmonlari o‘zgacha shukuh va hamjihatlik bilan o‘tkazdilar. Ayniqsa, rahmat va mag‘firat nurlari yog‘iladigan ushbu saodatli kunlarda kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatilayotgani, barcha hududlarimizda keng…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga sharh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida xalqimizga xos ezgulik, bag‘rikenglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va kechirimli bo‘lish kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi sifatida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo…

Sanoat va energetika majmualari qurilishi boshlandi

O‘zbekiston Prezidentining Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida sanoat va energetika loyihalarining boshlanishiga bag‘ishlangan marosim bo‘ldi. Davlatimiz rahbari so‘zining boshida barchani yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan tabriklab, xalqimiz manfaati yo‘lidagi harakatlarga xayr-baraka tiladi. Ma’lumki, sanoat rivoji barqaror energetikaga bog‘liq. Shu bois bu ikki soha mutanosib rivojlantirilmoqda. Birgina 2023-yilda mamlakatimizda 4 ming 600 ta sanoat korxonalari ishga tushirildi.…

Jizzaxda 6 milliard 100 million dollarlik loyihalar rejalashtirilgan

Oxirgi besh yilda Jizzax viloyatiga 4 milliard dollardan ortiq investitsiyalar kirib kelgan. 50 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, 861 million dollarlik eksport qilingan. Bu yil viloyatda 2 milliard dollarlik 400 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ularda 11 mingta yangi ish o‘rni ochiladi. Davlatimiz rahbariga bu sohadagi rejalar taqdimot qilindi. Xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar 6…

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizlik markazi tomonidan tadbirkorlarning taklif va e’tirozlaridan kelib chiqib dori…

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizlik markazi tomonidan tadbirkorlarning taklif va e’tirozlaridan kelib chiqib dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlari (QQS ko‘rsatgan holda yoki QQSsiz) to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilindi. Manba (https://t.me/uzpharmcontrol/1642?single) Ushbu e’lon qilingan dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlariga QQS qo‘llagan holda savdolarni amalga oshirilishi mumkinligi ma’lum qilingan. Tadbirkorlik subyektlarining taklif…

“ADM Jizzakh” zavodida yiliga 100 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqariladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “ADM Jizzakh” avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi. Oldinlari Jizzax viloyati sanoat ko‘rsatkichlari eng past bo‘lgan hududlardan biri edi. Bugungi kunda har bir tumanga sanoat kirib bordi. Viloyat sanoatini rivojlantirishda “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi katta o‘rin tutmoqda. U mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha respublikada uchinchi, eksport hajmi bo‘yicha esa oltinchi o‘rinda turadi. Keyingi yillarda…

Shavkat Mirziyoyev tomorqadagi omilkorlikni ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sharof Rashidov tumanidagi Tuyoqli mahallasida bo‘lib, aholi turmush sharoiti va daromadlari bilan qiziqdi. Mahallalardagi imkoniyatlarni ishga solib, aholi bandligini ta’minlash bugun davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bunda eng qulay va hammabop imkoniyatlardan biri tomorqadan foydalanishdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 5-martdagi “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon…

2024-yil 1-choragi davomida monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar infografika ko’rinishida

Bugungi kunga qadar jami 211 ta shundan, 🔘70 ta tabiiy monopoliya subyektlarida, 🔘67 ta tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda, 🔘35 ta mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, 🔘19 ta davlat boshqaruvi organlarida hamda 🔘20 ta davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatida monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etildi.

Sharof Rashidov tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivi qad ko‘tarmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rdi. Viloyatda ilgari hech bunday keng ko‘lamli qurilishlar bo‘lmagan edi. So‘nggi yillarda o‘nlab zavodlar ishga tushirildi, yangi sanoat tarmoqlari paydo bo‘ldi. Shunga yarasha ijtimoiy infratuzilma ham barpo etilmoqda. Sharof Rashidov tumanining bu hududi adir yonbag‘ri, undan deyarli foydalanilmas edi. Hozir 140 gektarli…