Prezident Milliy estrada institutida bo‘ldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada instituti faoliyati bilan tanishdi. Bu ta’lim maskani davlatimiz rahbarining 2020-yil 2-dekabrdagi qarori asosida, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligi doirasida tashkil etilgan edi. Madaniy va ilmiy merosdan foydalanib, milliy estrada san’atini rivojlantirish, mohir ijrochilar va pedagoglar tayyorlash, zamonaviy kuy-qo‘shiqlar yaratish institutning…