Kelgusi besh yilda Qonunchilik palatasi oldida g‘oyat ulkan vazifalar turgani ta’kidlandi.

Quyi palatadagi 12 ta qo‘mita o‘rnida 10 ta yangilangan qo‘mita tashkil qilindi. Ilk bor parlamentimizda Tadbirkorlik, raqobat va sanoat qo‘mitasi tuzilgani yurtimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi. Endi palatadagi qo‘mitalar a’zolari bilim va tajribasini tinimsiz oshirib, mas’uliyatni chuqur his etib, yana-da ko‘proq mehnat qilishlari lozimligi, puxta bilim, professional malaka, yuksak fazilat va tafakkurga ega bo‘lgan…

O‘tgan besh yil davomida quyi palata samarali faoliyat ko‘rsatgani e’tirof etildi.

Avvalambor, parlamentimizning to‘rtinchi chaqiriq deputatlari mamlakatimizning kelgusi taraqqiyot yo‘nalishini belgilab bergan Asosiy qonunimizni yangi tahrirda tayyorlash va qabul qilishda jonbozlik ko‘rsatdilar va bu Yangi O‘zbekiston solnomasida yorqin tarixiy voqea sifatida muhrlandi. Quyi palata tomonidan 130 dan ortiq yangi va yaxlit qonunlar qabul qilindi. Bu – oldingi davrga nisbatan 1,5 karra ko‘p. Prezidentimiz o‘tgan chaqiriqda faoliyat…

Markaziy saylov komissiyasining faoliyati sezilarli kuchaygani, professional saylov organlari tashkil etilgani saylovlarning haqqoniy ruhda o‘tishida muhim rol o‘ynadi.

Prezidentimiz saylovlar qonunchilik talablari va xalqaro standartlarga to‘la mos holda o‘tishini ta’minlagan barcha darajadagi saylov komissiyalari, xususan, Markaziy saylov komissiyasiga alohida rahmat aytdi. Saylovlar natijasida Qonunchilik palatasi tarkibi qariyb 60 foizga yangilanib, 87 nafar yangi deputat saylandi. 3Deputatlarning 11 nafari 35 yoshgacha, ilk bor yoshlar parlamentining 2 nafar vakili Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. Ayniqsa,…

Saylovlar to‘liq ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik muhitida o‘tgani, qo‘llangan zamonaviy texnologiyalar ham bu jarayonda muhim rol o‘ynagani ta’kidlandi.

Jumladan, saylovning barcha bosqichlari to‘liq raqamlashtirilib, “E-saylov” axborot tizimi joriy qilindi. Ovoz berish jarayonlarini onlayn kuzatish imkoni yaratildi, ilk bor elektron ovoz berish sinovdan o‘tkazildi. Saylovlarni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi kabi 13 ta nufuzli xalqaro tashkilot, 40 dan ziyod davlatdan 850 nafar xorijiy va 65 mingdan ziyod mahalliy…

Davlatimiz rahbari bu yilgi parlament saylovlarining eng muhim jihatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Avvalo, ular yangilangan Konstitutsiyamizga muvofiq o‘tkazilgan ilk saylov sifatida tarixga kirdi. Huquq va vakolatlari sezilarli darajada kuchaygan, mas’uliyati bir necha karra ortgan yangi xalq vakilligi tizimi shakllantirildi. Bundan tashqari, o‘tgan sakkiz yillik davrda xalqimizning siyosiy tafakkuri tubdan o‘zgardi, siyosiy madaniyati sezilarli darajada yuksaldi. Siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi roli va ishtiroki kuchaydi. Bularning barchasi aralash saylov…

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida nutq so‘zlamoqda.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda deputat degan sharafli nomga sazovor bo‘lganlarni tabrikladi. Bu yuksak ishonch ularning boy bilimi va hayotiy tajribasi, el-yurtimiz farovonligi yo‘lida qilayotgan fidoyi mehnatiga nisbatan xalqimizning ulkan hurmat va ehtiromi ifodasi ekani ta’kidlandi. Har qanday saylov davlat va jamiyat uchun muhim siyosiy jarayon. Ayniqsa, jahondagi bugungi keskin va…

Ko‘p kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlar faoliyati o‘rganilganda shartnomalarda qonundan tashqari asossiz shartlar belgilanganligi aniqlandi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy tuzilmalariga fuqarolardan boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) va ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlardan norozilik bildirilgan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Xususan, 2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida Qo‘mitaga uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, qurilish va transport sohasida iste’molchilardan jami 8434 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, bulardan 380 tasi ko‘p kvartirali uylarni…

REKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN “AVESTA KOMFORT EKO-GAZ” MChJga NISBATAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tashqi reklama vositasini noqonuniy o‘rnatish, reklamalarni qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida joylarda tizimli ravishda o‘rganish va monitoring tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, Sirdaryo tumanida faoliyat olib boruvchi “AVESTA KOMFORT EKO-GAZ” MChJga qarashli AGTKSh tomonidan avtomobil yo‘lining qatnov qismiga yaqin yo‘lakka pasportlashtirilmagan noqonuniy tashqi reklama konstruksiyasi o‘rnatilganligi aniqlandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar…

Бутунжаҳон сифат куни муносабати билан Рақобат қўмитасининг Қорақалпоғистон Республикаси, Сурхондарё, Бухоро, Жиззах, Сирдарё, Қашқадарё вилоятлари ҳудудий органлари томонидан тегишли ташкилотлар билан ҳамкорликда Озиқ-овқат маҳсулотлари сифат куни ўтказилди.

Мазкур семинарда ҳудудий органлар ва мутасадди ташкилотлар томонидан истеъмолчиларнинг ҳуқуқий саводхонлигини ошириш билан бир қаторда озиқ-овқат маҳсулотлари сифатини назорат қилиш бўйича амалга оширилаётган ишлар юзасидан маърузалар ва кўргазмали тақдимотлар қилинди. Семинарда тингловчиларни қизиқтирган саволларига етарлича жавоб ва тушунтиришлар берилди.

Yoshlarimizni zamonaviy ta’lim-tarbiya olish, kasb-hunar egallashi, o‘ziga munosib ish topib, farovon hayot kechirishi biz uchun katta faxr bag‘ishlaydi.

Yoshlarimizni zamonaviy ta’lim-tarbiya olish, kasb-hunar egallashi, o‘ziga munosib ish topib, farovon hayot kechirishi biz uchun katta faxr bag‘ishlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilarning huquqlarini ximoya qilish qo‘mitasiga biriktirilgan mahalladagi og‘ir toifadagi yoshlar bilan tizimli ishlash davom etmoqda. 1-Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va foydali o‘tkazish. 2- Qo‘shimcha kasb-hunagar o‘rgatish. 3. Chet tillarni o‘rganishi uchun o‘quv…