O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari uchun o‘tkazilgan mazkur mavzudagi o‘quv seminarida Qo‘mitaning Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarma boshlig‘i E.Xaitmetov tomonidan moliyaviy xizmatlarda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bank omonatlari va bank kreditlari, shartnomalar va ularni tuzish tartib-qoidalari haqida Germaniya va O‘zbekistondagi amaldagi qonunchilik, xorijiy tajribalar va shu kabi ko‘plab tegishli ma’lumotlar berildi.
Tadbirda akademiya tinglovchilari keyingi faoliyatlari uchun ko‘plab zarur bilimlarga ega bo‘lishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan to‘liq javoblar olishdi.