Ijtimoiy tarmoqlar orqali bugungi kunda turli xil biologik faol qo‘shimchalar, dori-darmonlar va mahsulotlarning reklamalari joylashtirilmoqda.
Xususan, “Marva Hayat” MChJ tomonidan joylashtirilgan reklamalarida onkologik kasalliklarni davolashi va ularni to‘xtatishi hamda 5 mingdan ortiq davo topganlar va 15-yildan buyon iste’mol qilinayotganligi kabi ma’lumotlar ham qayd etilgan. (https://www.youtube.com/@halila_uz)
Qo‘mita so‘rovi bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bergan xulosaga asosan “HALILA” BFQ mahsulotining qo‘llash yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda reklamalarda qayd etilgan xususiyatlari bilan mos emasligi ma’lum qilingan.
Yuqoridagilarga asosan, Qo‘mita “Marva Hayat” MChJga nisbatan Qonun talablari buzilish yuzasidan BHMning 70 barobari miqdorida moliyaviy jarima qo‘llab, yetkazilgan zararlarni (52 mln 500 ming so‘m) iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilishi yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.