O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston milliy yetakchisini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh turkman xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. Uning bugungi Turkmanistonni rivojlantirish, mamlakatlarimiz o‘rtasida do‘stlik,…

O‘zbekiston va Qatar yetakchilari amaliy hamkorlik loyihalarini jadallashtirish muhimligini ta’kidladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-iyun kuni Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan joriy yilning iyun oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlar ijrosini jadallashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi. Telefon muloqoti avvalida davlat rahbarlari butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lmish Qurbon hayiti – Iyd al-Adho bilan bir-birini…

Qurbon hayiti munosabati bilan xorijiy hamkorlardan samimiy qutlovlar

Butun musulmon ummatining muqaddas bayrami, xalqimizning ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutgan, ezgulik, bag‘rikenglik, mehr-muruvvat va saxovat kabi boqiy umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan Qurbon hayiti – Iyd al-Adho munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar yetakchilari, nufuzli siyosat, jamoat va din arboblari, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabriklar kelmoqda. Qutlovlarda O‘zbekiston yetakchisi…

O‘zbekiston va Misr yetakchilari erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash muhimligini ta’kidladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi 28-iyun kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas Qurbon hayiti bilan bir-birini samimiy qutladilar. O‘zbekiston va Misrning do‘st xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari bildirildi. Joriy yilning fevral oyida Qohiraga oliy darajadagi rasmiy tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga…

O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi

Muhtaram vatandoshlar! Yer yuzidagi jamiki islom ummati qatori mehr-muruvvat, ezgulik va saxovat ramzi – muborak Qurbon hayitini katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgan siz, azizlarni, barcha yurtimiz musulmonlarini, butun xalqimizni ushbu ulug‘ ayyom bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman. Dillarimiz quvonchga to‘lgan mana shunday qutlug‘ damlarda avvalo…

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga

Qadrli do‘stlar! Bugun yurtimizda keng nishonlanayotgan Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan siz, azizlarni, muhtaram faxriylarimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Bu ayyom nafaqat o‘z hayotini shu sohaga bag‘ishlagan fidoyi insonlar, balki ularning mashaqqatli ijod va mehnat mahsulidan bahramand bo‘ladigan millionlab mushtariylar, tinglovchi va tomoshabinlar, butun jamiyatimiz uchun ham qadrlidir. Mana shunday kunlarda…

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligi, ochiqlik  va oshkoralikni mustahkamlash, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga qo‘shayotgan munosib hissasi, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yurtimizdagi yangilanish jarayonlari, erishilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etishdagi katta xizmatlari, zamonaviy jurnalistika yo‘nalishlari uchun yuksak malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash…

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

24-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Vladimir Putin davlatimiz rahbariga Rossiyadagi vaziyat to‘g‘risida ma’lumot berdi. Ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

Islohotlar dasturining ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-iyun kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi. Mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturining ustuvor yo‘nalishlari, shu jumladan sog‘liqni saqlash, ta’lim, suv ta’minoti sohalaridagi yangilanishlar ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yurtimizda Xalqaro tijorat sudi faoliyatini yo‘lga qo‘yish…

Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Asrlar davomida xalqimizga xos mehr-oqibat, xayr-saxovat kabi ezgu umuminsoniy qadriyatlarni namoyon etib kelayotgan Qurbon hayiti jonajon Vatanimizda o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik va shukronalik fazilatlarini yanada mustahkamlashga beqiyos hissa qo‘shmoqda. Ushbu ulug‘ ayyomning ma’naviy hayotimizdagi muhim ahamiyatini e’tiborga olib hamda uni mamlakatimizda munosib nishonlash maqsadida: 1. Joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 28-iyun –…