Vatan ozodligi yo‘lida shahid ketganlar xotirasi mangu barhayotdir

Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimi bo‘ldi. Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Qur’on tilovat etilib, o‘tganlar haqiga duo qilindi. Elga osh tortildi. Mustaqillik kunlarida millatimiz oydinlari xotirasini e’zozlash, xizmatlarini eslash yaxshi an’ana. Chunki ular xalqimiz ozodligi uchun, bugungidek emin-erkin kunlar uchun intilgan edi. Bu sana Vatanga fidoyilik unutilmasligini, hamisha qadrlanishini anglatadi. Mustabid…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yangi tayinlangan xorijiy elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi

Bugun, 30-avgust kuni mamlakatimizga yangi tayinlangan xorijiy elchilar tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi elchisi Yuy Szyun, Malayziya elchisi Ilhom Tua Bin Ilyos, Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart, Turkmaniston elchisi Shodurdi Meredov va Bangladesh Xalq Respublikasi elchisi Muhammad Monirul Islomdan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Davlatimiz rahbari…

O‘zbekiston Prezidenti Saudiyaning “ACWA Power” kompaniyasi bilan strategik sheriklikni kengaytirish rejalarini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qildi. Saudiyaning ushbu kompaniyasi bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va mamlakatimizdagi ustuvor loyihalarni jadallashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Davlatimiz rahbari bugungi kunda O‘zbekiston energetika tarmog‘ini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan “ACWA Power” bilan samarali sheriklik darajasini alohida…

Prezident davlatimizning yuksak mukofotlarini topshirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan, chet ellik investorlar “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan edi. 30-avgust kuni Ko‘ksaroyda ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi. Davlatimiz rahbari marosim ishtirokchilarini avvalo Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, ezgu tilaklarini izhor etdi. Bu davrda mamlakatimiz katta…

Shavkat Mirziyoyev mahalladagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi

Davlatimiz rahbari Sergeli tumanidagi Yangi Bunyodobod mahallasida bo‘lib, sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Bu yerda 6 mingdan ziyod aholi yashaydi. 13 ta ko‘p qavatli uy, maktab, bolalar va o‘smirlar sport maktabida barcha sharoitlar yaratilgan.  Mahallaning drayveri – xizmat ko‘rsatish. Yaqinda maishiy xizmat shoxobchalari, tikuvchilik korxonasini o‘z ichiga olgan ish markazi barpo etildi. Ularda mahalliy yoshlar foydali mehnat…

Toshkent yerosti va yerusti metro yo‘llari halqaga aylandi

Poytaxtimiz jamoat transportida metropolitenning o‘rni juda katta. Uning qamrovini kengaytirish maqsadida, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan, yerusti metrosi vujudga keldi. O‘tgan yillarda bu ulkan loyihaning birinchi bosqichi va Sergeli yo‘nalishi ochilgan edi. Joriy yilda ikkinchi bosqich – Qo‘yliqdan Sergeligacha bo‘lgan yerusti metrosi qurib bitkazildi. Prezident ushbu transport inshootini borib ko‘rdi, jamoatchilik vakillari bilan birga metroda yurdi.…

Prezident kitobsevar bolalar bilan suhbatlashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangilangan Respublika bolalar kutubxonasini borib ko‘rdi. Davlatimiz rahbari faoliyatining ilk kunlaridan yoshlar ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. 2017 yilda kitoblar nashr etishni rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha Prezident farmoyishi qabul qilingan edi. Kitobxonlarni rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yildi. Bu siyosatning yana bir ifodasi sifatida yaqinda Respublika bolalar kutubxonasi yangilandi. 1907-yilda qurilgan…

Prezident yangi tibbiyot markazlarini borib ko‘rdi

Poytaxtimizning Yashnobod tumanida ikkita yirik shifo maskani – Milliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi barpo etildi. Davlatimiz rahbari 2020-yil noyabrda ularning qurilishini kelib ko‘rgan, bu yerda qanday imkoniyatlar bo‘lishi lozimligi haqida ko‘rsatmalar bergan edi. Muassasalardagi bugungi zamonaviy sharoit va ish tartibi shuning amaliy ijrosi, deyish mumkin. Shifo maskani…

Bojxona rasmiylashtiruvi markazi ishga tushdi

Mustaqillik xalqimizga erkinlik, ro‘shnolik olib kelganidek, har yili bu ayyomda yaxshiligu yangiliklar ko‘p bo‘ladi. Bu yil ham barcha hududlarda iqtisodiy-ijtimoiy inshootlar ishga tushirilmoqda. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi ana shunday bunyodkorlik ishlari bilan tanishmoqda. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 27-apreldagi bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir farmonida sohani raqamli transformatsiya qilish, xizmatlar sifati va tezkorligini oshirish chora-tadbirlari…

M.Sultanovaga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi» faxriy unvonini berish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Xalq ta’limi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, yosh avlodning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ular qalbida ilm-fan va bilimga intilish, mehnatsevarlik va bag‘rikenglik ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlash, farzandlarimizni ezgu g‘oyalar, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy…