Prezident mahallalardagi obodlik va qishga tayyorgarlikni ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Habib Abdullayev mahallasida bo‘ldi. Bu mahallada 4 ming 400 nafardan ziyod aholi yashaydi. Hududda ellikka yaqin savdo do‘konlari va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. 38 ta ko‘p qavatli uy va to‘rtta ijtimoiy obyektga “Madaniyatli hudud” boshqaruv servis kompaniyasi xizmat ko‘rsatadi. Aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha…

Transport va xizmat ko‘rsatish loyihalari ko‘zdan kechirildi

Davlatimiz rahbari Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekiston” ko‘chasi va 4R12 magistral yo‘li kesishuvida quriladigan yo‘l o‘tkazgich loyihasi bilan tanishdi. So‘nggi yillarda bu ikki yo‘lda qatnov ortdi. Bo‘stonliq va Parkent tumanlariga borayotgan sayyohlar soni ham avvalgi yillarga qaraganda bir necha barobar ko‘paydi, hali yana oshadi. Shuningdek, bu kesishma kelajakda Yangi Toshkent shahriga olib boradigan asosiy yo‘l bo‘ladi.…

Olimpiya shaharchasi ilmiy, amaliy, o‘quv-mashg‘ulot markazi bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-noyabr kuni Olimpiya shaharchasi qurilishi bilan tanishdi. Ma’lumki, 2025-yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari yurtimizda o‘tkaziladi. Shu bois Olimpiya shaharchasida mazkur musobaqalar dasturiga kiritilgan barcha sport turlari uchun sharoit bo‘ladi. Uning maydoni 100 gektar. Asosiy inshootlar – 10 ming o‘rinli stadion va 2 mingdan tomoshabinga mo‘ljallangan velodrom, suv sporti saroyi, yakkakurashlar…

Dizayn maktabini rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Indenim Textile” klasterining Termiz shahridagi to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu korxona 2019-yil ishga tushirilgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 10 million dollardan ziyod. Germaniya, Yaponiya, Turkiya va Xitoy kabi davlatlardan keltirilgan ilg‘or texnologiya va uskunalar samarasida yiliga 800 turdagi 9 million dona kiyim-kechaklar ishlab chiqarish quvvati yaratilgan. Ularning bir qismi eksportga, asosiy…

Surxondaryodagi qo‘shimcha imkoniyatlar va vazifalar muhokama qilindi

Termiz shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 17-noyabr kuni Surxondaryo viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Hudud izchil rivojlanmoqda. Oldinda rejalar, imkoniyatlar ham ko‘p. Xususan, 3 milliard 300 million dollarlik 4 ta yangi yirik sanoat loyihasi shakllantirilgan. Bular hisobiga viloyat iqtisodiyotiga yiliga 6,5 trillion so‘m, budjetiga 1,6 trillion so‘m, eksportiga 100 million dollar qo‘shiladi,…

Shavkat Mirziyoyev: Bugungi tadbirkor yoshlar – Yangi O‘zbekiston mahsuli

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-noyabr kuni Termiz shahrida barpo etilgan Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasini borib ko‘rdi. Davlatimiz rahbarining 2021-yil 21-apreldagi qaroriga muvofiq, mamlakatimizning barcha hududlarida yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etilmoqda. Bu ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va yuritishlari uchun zamin bo‘lmoqda. Termiz shahrining Tinchlik mahallasi hududida ham shunday sharoit tashkil etildi. 2 gektar maydondagi…

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiyuran” davlat korxonasi jamoalariga

Qadrli vatandoshlar! Siz, azizlarni Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil etilgani va yurtimizda uran sanoatiga asos solinganining 65 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Sizlarning fidokorona mehnatingiz bilan bepoyon Qizilqum bag‘ridan qazib olinayotgan, dunyo miqyosida yuksak e’tirof etilayotgan oltin, tabiiy uran va boshqa nodir qazilma boyliklar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda beqiyos strategik ahamiyatga ega ekani barchamizga yaxshi…

«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati tashkil etilganining 65 yilligi munosabati bilan ishlab chiqarish ilg‘orlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimizning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, kon-metallurgiya sanoatini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, murakkab ish va iqlim sharoitlarida mineral boyliklarni samarali o‘zlashtirish, tarmoqning barqaror ishlashini ta’minlash, jahon andozalariga mos yangi korxonalarni tashkil etish borasidagi katta xizmatlari, ko‘pmillatli mehnat jamoasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:  …

Oliy Bosh Qo‘mondon harbiy qismdagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismga tashrif buyurdi. Mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar qo‘shinlarning jangovar salohiyati va harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyatini yanada yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur qismda ham harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligini oshirish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. O‘quv binolari, ma’naviyat va ma’rifat xonalari, sport…

Prezident mahalladagi odamlarning daromadi va salomatligi bilan qiziqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Sariosiyo tumanidagi Sebzor mahallasida bo‘ldi. Bu yerda 7 ming 600 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. To‘rtta korxona, yigirmadan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida shu yerlik yoshlar doimiy ish bilan band. Mahalla ahli asosan bog‘dorchilik, chorvachilik va sabzavotchilik bilan shug‘ullanadi. O‘ttizdan ortiq dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyat yuritmoqda.…