JORIY YILNING 25-APREL KUNI RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH VA ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH QO’MITASI MEHNAT JAMOASINING UMUMIY YIG‘ILISHI BO’LIB O’TDI.
Joriy yilning 25-aprel kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda Kasaba uyushmasining 2022-2024-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti taqdim etildi. Shuningdek, mehnat muhofazasi, xususan, mehnat sharoitlarini yaxshilash masalalari, xodimlarning kompetensiyasi hamda ish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.