Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasida Qo‘mita raisi maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma rahbariyati va boshqa tegishli tashkilotlar hamda OAV vakillari, blogerlar ishtirokida jamoatchilik vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Tadbirda, hududiy boshqarma boshlig‘i o’rinbosari A.Sabirov boshqarma tomonidan 2023-yil yakunlari va 2024-yil I-choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha jamoatchilik vakillariga hisobot berdi. Mazkur uchrashuv davomida hududiy boshqarmaga murojaat qilgan fuqaro R. Qalandarovning Kapital bankdan olgan kredit grafigi noto‘g‘ri hisoblangan qarzdorligi bartaraf etilgani va fuqaro M. Nazarovaning Urganch dehqon bozori hududidagi tadbirkordan xarid qilgan uyali telefon (smartphone)…