O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – Xitoy” sammitidagi nutqi
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Sizlar bilan yana ko‘rishib turganimdan g‘oyat xursandman. Hamkasblarimning fikrlariga qo‘shilgan holda, janob Rais Si Szinpinga “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi birinchi yuzma-yuz uchrashuvni o‘tkazish tashabbusi hamda an’anaviy iliq va samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik izhor etaman. Xitoy Raisiga dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri, buyuk imperiya poytaxti bo‘lgan go‘zal Sianda bugungi uchrashuvimizni tashkil…











