Yangilangan Konstitutsiyamiz Uchinchi renessansni barpo etish yo‘lida mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalari a’zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvdagi nutqi   Hurmatli parlament a’zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari! Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari! Xabaringiz bor, shu yil 30-aprel kuni mamlakatimiz hayotida, hech shubhasiz, tom ma’nodagi ulkan tarixiy voqea bo‘lib o‘tdi. Birinchi marta umumxalq referendumi asosida yangilangan Konstitutsiyamizni qabul qildik.…

Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi

Yurtimizda Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari rag‘batlantirilib, salomatligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, shu kunlarda ularning bir guruhi sanatoriylarda davolanmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni Toshkent shahridagi “Chinobod Plaza” sanatoriysiga borib, urush qatnashchilari holidan xabar oldi. Anorboy ota Jalilov, Ashir ota O‘sarov, Antonina Kolomenseva, To‘lagan ota Imomov, Abbos ota Appanov…

Prezident “Matonat madhiyasi” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan bu majmua xalqimizning urushdagi yo‘qotishlari, tinchlik uchun kurashi va ulkan hissasini ifodalaydi. Shu bois bog‘ har doim, ayniqsa, bayram kunlarida yoshu keksalar bilan gavjum. Bu yil ham 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Prezident…

O‘zbekiston Prezidenti va Rossiya Prezidenti ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida 8-may kuni Kremlda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Ustuvor yo‘nalishlardagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Suhbat avvalida ikki mamlakat yetakchilari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 78…

O‘zbekiston Prezidenti Moskvaga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga keldi. Moskva shahridagi «Vnukovo» aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Hukumati Raisining o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Ertaga Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari erishilgan kelishuvlarning bajarilishini ko‘rib chiqdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi. Suhbatda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib,…

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailovni qabul qildi. O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv avvalida Bosh vazir Alixan Smailov davlatimiz rahbariga Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning samimiy salomi…

O‘zbekiston Prezidenti Fransiyaning yetakchi kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun mavjud keng imkoniyatlarni qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni qo‘shma Hukumatlararo komissiya hamraisi, Fransiya tashqi savdo, iqtisodiy jozibadorlik masalalari va xorijdagi fransuz fuqarolarining ishlari bo‘yicha vazir-delegati Olive Besht boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Mamlakatimizda Fransiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari ishtirokidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikning aniq loyihalarini ilgari surish va jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv avvalida vazir Olive…

O‘zbekiston Prezidenti mamlakatimizda FIFAning yirik tadbirlarini o‘tkazishni taklif etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro futbol federatsiyasi rahbari Janni Infantino bilan 5-may kuni o‘tkazgan uchrashuvda mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va yirik tadbirlarni birgalikda o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi. Nufuzli global sport tashkiloti rahbari mamlakatimizda futbolni rivojlantirish, unga yoshlar va qizlarni keng jalb qilish, iste’dodlarni tarbiyalash, ommabop va zamonaviy infratuzilmani yaratish, malakali murabbiylar va soha mutaxassislarini tayyorlash…

O‘zbekiston Prezidentining Germaniyaga tashrifi yakuniga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga ikki kunlik tashrifi yakunlandi. Berlinda davlatimiz rahbari GFR Kansleri Olaf Shols va Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan muzokaralar o‘tkazdi. Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlari birgalikda Jeyms Simon galereyasiga tashrif buyurib, “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar saltanatigacha” nomli noyob ko‘rgazmani…