O‘zbekiston Prezidenti Ashxobod sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-avgust kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov raisligida hamda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon ishtirokida o‘tgan uch tomonlama sammitda ishtirok etdi. Uchrashuv kun tartibiga muvofiq, suv resurslaridan oqilona foydalanish, energetika sohasini rivojlantirish, transport-logistika salohiyatini oshirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida Turkmaniston Prezidentiga sammitni tashkil…

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan muzokara o‘tkazdi. Uchrashuvda davlat rahbarlari qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalariga asoslangan O‘zbekiston-Turkmaniston chuqurlashgan strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Amaliy hamkorlik barcha yo‘nalishlarda kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oliy darajadagi kelishuvlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Hukumatlar, vazirlik…

O‘zbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga kelgach, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar jadal rivojlanib, mamlakatlarimiz strategik sherikligi izchil mustahkamlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Savdo, sanoat, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport…

O‘zbekiston Prezidenti Ashxobodga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga keldi. Aeroportda davlatimiz rahbarini Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Bugun Turkmaniston poytaxtida O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlarining uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston tomonining taklifiga binoan joriy yil 4-avgust kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahrida bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada uchrashuvlar o‘tkazish hamda O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlarining uch tomonlama sammitida ishtirok etish rejalashtirilgan. Tadbirlar davomida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.

Kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida bo‘ldi. Tatariston Respublikasi bilan hamkorlikdagi mazkur texnopark o‘tgan yil 23 mart kuni ochilgan edi. Bugungi kunda 10 million dollarlikdan ziyod 5 ta korxona ishga tushirilgan. Joriy yil yakuniga qadar qiymati 18 million dollar bo‘lgan yana 8 ta loyiha amalga oshiriladi. Xususan, “Rodium Polimer” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ko‘piklantirilgan…

Qishloq xoʼjaligi mashinasozlik klasterida birinchi traktor ishlab chiqarildi

Bu klaster Oʼzbekiston Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi qaroriga asosan tashkil qilingan edi. Mashinasozlikdagi 5 ta korxona quvvatlari maqbullashtirilib, Chirchiq qishloq xoʼjaligi texnikasi zavodi negizida toʼliq siklli klaster tizimi yoʼlga qoʼyildi. Buning uchun qariyb 38 ming kvadrat metr yangi inshootlar qurilib, 35 ming kvadrat metrdan ziyod mavjud binolar taʼmirlandi. Klaster yiliga 15 ming dona traktor, tirkama va…

Prezident yosh futbolchilar va soha mutaxassislari bilan fikr almashdi

Davlatimiz rahbari Yuqori Chirchiq tumanida barpo etilyotgan Futbol boʼyicha milliy terma jamoalar markazini borib koʼrdi. Bu markaz Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFА) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Hozirda 8 ming oʼrinli stadion qurilgan. Yana 7 ta mashgʼulot maydoni, plyaj futboli maydoni, futzal maneji, basseyn, reabilitatsiya majmuasi va yotoqxonalar qurilishi rejalashtirilgan. Soha mutasaddilari bilan suhbatda milliy futbolimizga…

Prezident sanoat korxonalarini borib koʼrdi

Prezident Shavkat Mirziyoev 2-avgust kuni “Аngren” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi. 2012-yilda tashkil etilgan mazkur iqtisodiy zona soʼnggi yillarda ham hudud, ham salohiyat jihatidan kengaydi. U Аngren shahri, Ohangaron shahri va tumani, Bekobod shahrining bir qismini qamrab olgan. Bugun ushbu zonada 76 ta korxona, ularda 11 mingdan ziyod aholi ishlamoqda. Ulardan biri –…