O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Tojikistonga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan Dushanbe shahriga keldi. Aeroportda davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Tashrif dasturiga muvofiq, bugun O‘zbekiston yetakchisi Tojikiston Prezidenti bilan muzokara o‘tkazadi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.