O‘zbekiston Prezidenti Xitoy bilan hududlararo hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar borligini qayd etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-mart kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. O‘zbekiston va Xitoyning ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish, shu jumladan O‘zbekiston hududlari va SHUAR o‘rtasidagi amaliy aloqalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik va barcha sharoitda strategik sheriklik munosabatlaridagi bugungi yuksak daraja…