2024-yil 1-choragi davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar infografika ko’rinishida

Iste’molchilar huquqlari buzilishi holatlari bo‘yicha jami 6 022 ta murojaatlar kelib tushgan: 34,4 foizi uy-joy kommunal, transport xizmatlari 37,3 foizi savdo va umumiy ovqatlanish 24,7 foizi aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar 3,6 foizi reklama munosabatlari masalalariga to‘g‘ri keladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda iste’molchilar foydasiga 5,3 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Xivada uchrashuv o‘tkazadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 5-aprel kuni tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Qadimiy Xiva shahrida o‘tadigan muzokaralarda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, transport va…

NUQSONLI TOVAR SOTILGAN ISTE’MOLCHIGA 5 MLN SO‘M MABLAG‘ QAYTARILISHI TA‘MINLANDI

Zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlangan davrda har bir shaxs o‘zining shaxsiy texnologik qurilmalari bo‘lishini istaydi. Ammo u nuqsonli bo‘lsachi? Raqobat qo‘mitasi hududiy boshqarmasiga Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan nuqsonli tovardan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati kelib tushdi. Iste’molchi “Uzum market” ilovasi orqali onlayn do‘kondan 3 589 000 so’mga monoblok sotib olgan, lekin tovar nuqsonli bo‘lib chiqqan. Murojaatchi…

VAQTIDA TOPSHIRILMAGAN UYGA TO‘LANGAN 188 MLN 112 MING SO‘MDAN ORTIQ MABLAG‘ FUQAROGA QAYTARILISHI TA’MINLANDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi Nurafshon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro J.D.ning uy-joy bo‘yicha yo‘llagan murojaatini o‘rganib chiqdi.  Xususan, murojaatda fuqaro uy-joy sotib olish uchun “NURAFSHON CITY HOUSE” MChJ bilan shartnoma imzolagani,unga ko‘ra boshlang‘ich badal va tasdiqlangan to‘lov grafigiga asosan 2023 yil oktyabr oyiga qadar jami 187 mln 112…

Yangi Toshkent qurilishi ma’rifat maskanlaridan boshlanadi

Bundan bir yil avval, 18-mart kuni Yangi Toshkent shahrining qurilishiga tamal toshi qo‘yilgan edi. Bunyodkorlik ishlarini muvofiqlashtiruvchi kengash va direksiya tuzilib, loyihalashtirish olib borildi. 2024-yil 3-aprel kuni, muqaddas Ramazon oyida bu yerda ilk inshootlar qurilishini boshlash marosimi bo‘ldi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, bu tarixiy voqea ekanini ta’kidladi. – Bugun “Yangi O‘zbekiston” universiteti va…

Gulbozor mahallasida turizm ko‘chasi ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi Gulbozor mahallasida bo‘ldi. Har bir mahallaning o‘ziga xos an’analari va imkoniyatlari bor. Ular “o‘sish nuqtasi”ga aylantirilib, ish o‘rinlari ochish va aholi daromadlarini oshirish manbai sifatida rivojlantirilmoqda. Gulbozor Toshkentning tarixiy qismida, Chorsu bozori yonida joylashgan. Bu yerga yilning barcha mavsumida xorijiy turistlar ko‘p keladi. Shu bois hudud turizm…

San’at ma’naviy boy avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi

Davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabini ko‘zdan kechirdi. Maktab o‘tgan yili respublika budjeti mablag‘lari hisobidan bunyod etilgan. 250 o‘quvchiga mo‘ljallangan. Joriy o‘quv yilida 1-sinfga 145 nafar o‘g‘il-qiz qabul qilingan. Bu yerda yoshlar 12 yo‘nalish bo‘yicha maktabdan tashqari ta’lim oladi. O‘quvchilar ijodiy imtihonlar asosida saralab olinadi. Ellikka yaqin o‘quv va kompyuter xonalari, tadbirlar zalida…

Maktab imkoniyatlari ikki barobar kengaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 5-umumta’lim maktabida bo‘ldi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ta’lim tizimi islohotlari eng birinchi vazifa etib belgilangan. Bu boradagi muhim masalalardan biri – o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirish. Davlatimiz rahbari yangi muassasalar barpo etish bilan birga, mavjud maktablarning o‘ziga qo‘shimcha qavat yoki yonidan bino qurish maqsadga muvofiqligini aytgan edi. Mazkur 5-maktab ilgari…

Toshkent shahri sessiyasida tashkiliy masala ko‘rilib, kelgusi vazifalar belgilandi

3-aprel kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida poytaxt jamoatchiligi bilan ko‘rishib turganidan mamnunligini ta’kidlab, bugungi kundagi dolzarb masalalarga to‘xtaldi. Dunyodagi, jumladan, hamkor davlatlardagi vaziyatning iqtisodiyotimizga, aholi daromadlariga salbiy ta’sirini kamaytirish eng muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi. – Har qanday…