O‘zbekiston Prezidenti Turkiya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni  uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Suhbat avvalida Javdat Yilmaz davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada…

ISTE’MOLCHI HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan fuqaro M.S “OFTOB MEDLINE” MCHJ tomonidan o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan norozi bo‘lib qoldirgan murojaati o‘rganib chiqildi. Mazkur murojaatida fuqaro farzandini 2023-yil 23-fevralda “OFTOB MEDLINE” MCHJga qarashli klinikada o‘ng oyoq qismida (endoprotez) jarrohlik amaliyotini o‘tkazganligi, biroq ushbu jarrohlik amaliyoti yaxshi o‘tkazilmaganligi sababli, farzandini salomatligi…

SAVOL: Har oyda suv hisoblagich ko‘rsatgichi ma’lumotlarini suv idorasiga taqdim qilinmasa, suv sarfini me’yor bo‘yicha hisob-kitob qilinishi to‘g‘rimi?

FUQARODAN SAVOL: Har oyda suv hisoblagich ko‘rsatgichi ma’lumotlarini suv idorasiga taqdim qilinmasa, suv sarfini me’yor bo‘yicha hisob-kitob qilinishi to‘g‘rimi? JAVOB: Hisob-kitob davrida suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari iste’molchi tomonidan taqdim etilmagan holatlarda ISKX tashkiloti ushbu va keyingi davr hisob-kitoblarini ichimlik suv va oqova suv sarfining o‘rtacha sutkalik normasi asosida, shu oyda amalda bo‘lgan tariflar bo‘yicha…

ISTE’MOLCHI MANFAATI QONUN HIMOYASIDA

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga iste’molchilardan 2024-yil birinchi chorakda 6 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 85,8 foizi ijobiy hal etilgan bo‘lib, 5,8 foizi vakolatli idoralarga yuborilgan va qolgan 8,3 foizi murojaatlar ko‘rib chiqish jarayoniga olingan. Ushbu murojaatlardan iste’molchilar foydasiga 5,3 mlrd so‘m qayta hisob-kitob qilinishi taminlangan. Bunday murojaatlarning birida Raqobat qo‘mitasining…

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga

Aziz farzandlarim! Shu kunlarda Qatar davlatida futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, biryo‘la final yo‘llanmasi hamda shu yil yozda Parijda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Jonajon O‘zbekistonimizning futbol tarixida birinchi marta erishilgan bunday yorqin g‘alabani, hech shubhasiz, mamlakatimizdagi barcha sport muxlislari, ko‘pmillatli butun…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali https://www.instagram.com/p/C5yAmaZMwn8/ “Korzinka” supermarketi faoliyatidan noroziligi bildirilgan fuqaroning posti qoldirgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘rganishlar davomida, “Korzinka” supermarketi mas’ul xodimlari mazkur postga o‘z munosabatlari bildirib, keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan. Shuningdek, holatga aniqlik kiritish va ortiqcha olingan mablag‘ni qaytarish uchun fuqaro bilan bog‘lanish…

Geologiya va kon-metallurgiya sohalaridagi rejalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni geologiya va kon-metallurgiya sohalaridagi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Mamlakatimizda geologiya sohasiga har yili 1 trillion so‘mdan mablag‘ ajratilib, manzilli dasturlar amalga oshirilmoqda. Natijada o‘tgan yili tog‘-kon sanoatida ishlab chiqarish hajmi qariyb 11 milliard dollarga yetdi. Lekin bu, asosan, qimmatbaho va rangli metallar yo‘nalishida bo‘lib, sanoat uchun muhim minerallar bo‘yicha…

Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik bo‘yicha axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni III Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Ushbu anjumanning nufuzi va ko‘lami tobora oshib bormoqda. 2022-yilda o‘tgan ilk forumga 56 mamlakatdan mingdan ziyod xorijiy mehmonlar kelgan bo‘lsa, bu yil 84 ta davlatdan qariyb 2 ming 500 kishi qatnashishi kutilmoqda. Ular orasida hukumat vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari, BMT,…

MUROJAAT ISTE’MOLCHI FOYDASIGA IJOBIY HAL QILINDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan fuqaro M.N Namangan shahridagi “TERMA BOCHKA SAVDO SERVIS” xususiy korxonasi xizmatidan noroziligini bildirib murojaat qoldirgan. Iste’molchi Namangan shahrida faoliyat yuritayotgan “TERMA BOCHKA SAVDO SERVIS” XKdan 31 500 000 so‘mga isitish qozoni xarid qiligani, ammo umuman ishlamayotganligi sababli sotuvchiga bir necha marta murojaat qilgan bo‘lsada bir…

JAMOATCHILIK BILAN OCHIQ MULOQOTLAR DAVOM ETMOQDA

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasida Qo‘mita raisi maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma boshlig‘i A. Xolmatov va boshqa tegishli tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirokida jamoatchilik vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda, hududiy boshqarma boshlig‘i A.Xolmatov va boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari R.Turanovlar boshqarmaning 2023-yil yakunlari va 2024-yil…