Toshkentda German Sparkassenstifung (Germaniya) tashkiloti tomonidan Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari xodimlari uchun “Elektron tijorat va onlayn savdoning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning faoliyati va iste’molchilar bilan munosabatlaridagi farqlar, zamonaviy tendensiyalar shuningdek, ushbu sohalarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni samarali tashkil etish yo‘llari” mavzuida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminarni iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va raqobat yo‘nalishi rahbari Liya Grauberger hamda Raqobat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Elmurot Xaitmetov kirish so‘zi bilan ochib, Internet-bozorlarda iste’molchilarni himoya qilish uchun Yevropa Ittifoqi, Germaniya hamda O‘zbekiston Respublikasidagi elektron tijorat sektori va elektron tijoratning umumiy jihatlari, elektron tijorat uchun qo‘llaniladigan maxsus iste’molchilarning himoya qilishdagi qoidalar va yondashuvlar haqida ma’lumot berib o‘tishdi.
O‘quv seminarida Myunxendagi Maks Plank instituti eksperti, doktor Daria Kim elektron tijoratning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, elektron tijorat operatsiyalari turlari, sohadagi muammolar va yangi dinamika, raqamli makonda iste’molchilarni himoya qilish, onlayn yoki oflayn xarid qilishda teng himoyani ta’minlash haqida gapirib o‘tdi.
Tadbir so‘nggida qo‘mita xodimlariga sertifikatlar taqdim etildi.
Ma’lumot uchun. Mazkur o‘quv seminarlari joriy yilning 4-6-dekabr kunlari Xorazm va Navoiy viloyatlarida davom etadi.