O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlari ko‘p qirrali hamkorlik kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar
3-may kuni Berlin shahridagi Belvyu saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Federal Prezidentga Germaniyaga tashrif bilan kelish taklifi va ko‘rsatilayotgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi. Prezidentlar O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik misli ko‘rilmagan sur’atda rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd…


