O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari erishilgan kelishuvlarning bajarilishini ko‘rib chiqdilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Tojikiston yetakchisi davlatimiz rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi. Suhbatda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib,…