O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi
Bugun, 8-iyun kuni Italiya Respublikasi Prezidentining qarorgohi – Rim shahridagi Kvirinal saroyida rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul hamda otliq gvardiya askarlari saf tortdi. Kvirinal saroyining minorasida Italiya, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi bayroqlari ko‘tarildi.…