Farg‘onada sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilandi

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida o‘nlab korxonalar samarali faoliyat yuritmoqda. Yaqinda bu yerda “BNBM Building Materials Central Asia” korxonasi ochildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida ushbu korxonani ko‘zdan kechirdi. Korxonaga 30 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorij investitsiyasi yo‘naltirilib, yiliga 30 million kvadrat metr gipsokarton va 4 million kvadrat metr dekorativ gipsokarton ishlab chiqarish quvvati yaratildi. 200 ta…

Prezident mahalla ahli bilan samimiy suhbat qurdi

Davlatimiz rahbari Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi Xitoy mahallasida bo‘lib, aholi turmushi bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda 2 ming 800 nafarga yaqin aholi yashaydi. Odamlar tomorqadan unumli foydalanadi. Ayollar tikuvchilik bilan shug‘ullanadi. Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik ro‘zg‘orlarga baraka kiritgan. O‘ndan ortiq savdo do‘konlari, mebelsozlik korxonasi, sartaroshxona, tikuvchilik va hunarmandchilik ustaxonalarida aholi ish bilan band. Shuningdek, yoshlarning sport…

Uzumchilikda Oltiariq tajribasi kengaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlar iqtisodiyoti bilan tanishish maqsadida 27-iyul kuni Farg‘ona viloyatiga keldi. Har bir hududning “o‘sish nuqtalari”ni rivojlantirib, odamlarga ish o‘rni va daromad manbai yaratish – davlatimiz siyosatining ustuvor maqsadi. Oltiariq tumanida dehqonchilik shunday tayanch soha. Bu yerning odamlari mahsulot yetishtirish va uni eksport qilishning hadisini olgan. Ilgari bu tumanda ham paxta…

Ma’muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Respublikada madaniyat va turizm sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha samarali ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizning turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish, ayniqsa, mahalliy va xorijiy turistlar uchun ekohududlar, tog‘ va cho‘l hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarining imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalangan holda ekoturizmni rivojlantirish ishlarini amalga oshirish zarur. Qolaversa,…

Do‘stlar va hamkorlardan samimiy qutlovlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga uning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan qutlovlar kelmoqda. Xorijiy hamkorlar mamlakatimiz yetakchisini samimiy qutlar ekan, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda. Tabriknomalarda Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish va yurtimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va izchil…

O‘zbekiston Prezidenti BAA Vitse-prezidenti bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqotida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Suhbat avvalida shayx Mansur Ol Nahayon davlatimiz rahbarini tavallud ayyomi bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi. Amirliklar Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayonning salomi va…

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan parlamentlararo hamkorlikning rivojlanishini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi. Federatsiya Kengashi Raisi davlatimiz rahbarini tug‘ilgan kuni bilan dildan qutlab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va yangi muvaffaqiyatlar tiladi. Suhbatda O‘zbekiston-Rossiya do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining mustahkamlanishiga xizmat qilayotgan parlamentlararo muloqotlar faol kechayotgani mamnuniyat bilan…

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari strategik sheriklikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan 24-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Turkiya rahbari O‘zbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar,…

Qozog‘istonning birinchi Prezidenti O‘zbekiston yetakchisini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Nursulton Nazarboyev davlatimiz rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va katta muvaffaqiyatlar tiladi. Suhbatda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida bugun yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan…

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan 24-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Suhbat avvalida Rossiya yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, O‘zbekistonning barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli…