O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari ikki tomonlama amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar

«Zug‘ulba» qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Prezidentiga tashrif bilan kelish taklifi hamda O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. Yetakchilar O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar. Parlamentlar, hukumatlar, hududlar, tashqi siyosiy…

O‘zbekiston Prezidenti tantanali kutib olindi

“Zug‘ulba” qarorgohida davlat tashrifi bilan Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasman kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va rafiqasi samimiy qarshi oldi. Qarorgoh maydonida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar. Harbiy orkestr ijrosida…

O‘zbekiston yetakchisi Ozarbayjon qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasiga davlat tashrifining birinchi kuni Boku shahridagi Shahidlar xiyoboniga tashrif buyurdi. Ozarbayjon poytaxtining qoq markazida joylashgan ushbu yodgorlik majmuasida mamlakat ozodligi va hududiy yaxlitligi yo‘lida qurbon bo‘lgan yurt qahramonlari dafn etilgan. O‘zbekiston yetakchisi yodgorlikka gulchambar qo‘yib, Ozarbayjon vatanparvarlari xotirasiga ehtirom ko‘rsatdi.

O‘zbekiston Prezidenti Haydar Aliyev xotirasiga hurmat ko‘rsatdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahriga kelgach, Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev mangu qo‘nim topgan Faxr xiyoboniga tashrif buyurdi. Haydar Aliyevning mustaqil Ozarbayjonni barpo etish va mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari beqiyos. Mamlakatning jadal rivojlanish davri va xalqaro maydondagi nufuzining yuksalishi aynan uning ismi bilan bog‘liq. Qardosh o‘zbek xalqi bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga doimo alohida…

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 22-avgust kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Tashrif dasturiga muvofiq, Boku shahrida tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Birgalikda Fuzuliy va Shusha shaharlariga tashrif buyurish, davlat rahbarlari ishtirokida boshqa tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 22-avgust kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Tashrif dasturiga muvofiq, Boku shahrida tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Birgalikda Fuzuliy va Shusha shaharlariga tashrif buyurish, davlat rahbarlari ishtirokida boshqa tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ozarbayjon Respublikasiga davlat tashrifiga doir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 22-23-avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Tashrif dasturida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakat yetakchilari ishtirokidagi boshqa tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Kun tartibidan O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Muzokaralar yakunida ikki…

O‘zbekiston Prezidentining Vengriyaga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga amaliy tashrifini yakunladi. Budapeshtda davlatimiz rahbari Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuvlar o‘tkazdi hamda “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi. Mamlakatimiz yetakchisi yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatiga tashrif buyurib, uning doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan fikr almashdi. Shuningdek, Vengriyaning…

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Budapesht shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonida faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro tovar…

Oziq-ovqat va energiya ta’minotidagi dolzarb vazifalar belgilandi

Buxoro shahrida 11-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish orqali narx-navo barqarorligini saqlash hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan kafolatli ta’minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi qahraton qish va yozdagi o‘ta issiq kunlar sinovli bo‘ldi. Shu bois, kelayotgan qishga hozirdanoq tayyorlanish, buning uchun yetarli oziq-ovqat zaxirasini shakllantirish va…