O‘zbekiston Prezidenti Turkiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-iyun kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Gyuler boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv avvalida Turkiya mudofaa idorasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Anqara shahriga 5-6-iyun kunlari amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarni hisobga…

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish yo‘lida faollik ko‘rsatib kelayotgani, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yurtimizdagi yangilanish jarayonlarini yoritish, erishilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etishdagi katta xizmatlari, zamonaviy media tarmoqlari uchun…

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya IIV delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 iyun kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevni qabul qildi. Suhbat avvalida davlatimiz rahbari yaqinda Dog‘istonda sodir etilgan terrorchilik xuruji oqibatida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining oila a’zolariga hamdardlik va dalda so‘zlarini bildirdi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi ko‘rib…

Mahallalar obodligini ta’minlash tizimi taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni mahallalar obodligini ta’minlash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Mamlakatimizda barcha dasturlar mahallalarda amalga oshirilmoqda. Bu tizimga katta vakolat va imkoniyatlar berilmoqda. Ulardagi obodlik, muhit ham shunga yarasha bo‘lishi kerak. Bugungi kunda yurtimizda 10 mingga yaqin mahalla bor. Shundan qariyb 3 mingtasi ko‘p qavatli uylardan iborat bo‘lib, ularga 821 ta boshqaruv…

Chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Aholining kundalik iste’molida go‘sht, tuxum, sut va ulardan tayyorlangan mahsulotlar katta o‘rin egallaydi. Shu bois parrandachilik, qorako‘lchilik va echkichilikni rivojlantirish, oziq-ovqat inflyatsiyasini kamaytirish choralari ko‘rilmoqda. Qolaversa, bu sohalarda aholini band qilish va daromadini oshirish imkoniyati ham ko‘p. Masalan, 2023-yilda parrandachilik tarmog‘ida 253…

Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekistonning innovatsion salohiyatini yuqori baholadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux birgalikda Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdilar. Ushbu zamonaviy innovatsion majmua davlatimiz rahbari tashabbusi bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida barpo etilgan. Bugungi kunda bu yerda 365 million dollardan ortiq to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar evaziga 16 ta ishlab chiqarish maydoni joylashgan. Mo‘g‘uliston…

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

24-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari Dog‘istonda sodir etilgan terrorchilik harakatlari munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi, halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik va dalda so‘zlarini bildirdi. O‘zbekiston Prezidenti bu g‘ayriinsoniy zo‘ravonlikni qat’iy qoraladi hamda xavfsizlik sohasidagi umumiy tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalar o‘rtasidagi…

Oʼzbekiston va Moʼgʼuliston Prezidentlari Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar

Oliy darajadagi Oʼzbekiston-Moʼgʼuliston muzokaralari yakunlangach, Koʼksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi boʼlib oʼtdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Uxnaagiyn Xurelsux xalqlarimiz oʼrtasidagi doʼstlik va hamkorlik, ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishga boʼlgan oʼzaro intilish ramzi sifatida Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar.

Oʼzbekiston va Moʼgʼuliston Prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv oʼtkazdilar

Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Moʼgʼuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv oʼtkazdilar. Tadbirda Moʼgʼulistonning MCS Investment, Mongol Basalt, Tavan Bogd Group, Asia Pharma, Khanbogd Cashmere, Erdenezoo Trans, ICT Group, ORDGEO, LBH Technology, NCD Group, Mega Wood, Modern Nomads kabi yetakchi kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi. Oʼzbekiston tomonidan Basalt Uzbekistan, BMB Holding,…

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston Prezidentlari muzokaralarning amaliy natijalaridan mamnunligini bildirdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar. Yetakchilar ochiq va ishchan muhitda bo‘lib o‘tgan muloqotning samarali natijalaridan mamnun ekanliklarini, amaliy hamkorlikning barcha asosiy yo‘nalishlari atroflicha ko‘rib chiqilganini ta’kidladilar. Davlatimiz rahbari Mo‘g‘uliston Prezidentining ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi birinchi tashrifi O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stligini…