O‘zbekiston Prezidenti G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi. Moskvaning Qizil maydonida G‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi. Uni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Gvineya-Bisau Prezidenti…

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

8-may kuni Moskva shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi. “Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley yig‘ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79 yilligiga…

O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Aziz vatandoshlar, muhtaram faxriylar! Bugungi shonli bayram – 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan mo‘tabar faxriylarimizni, ko‘p millatli butun xalqimizni samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman. Ushbu qutlug‘ kunda insoniyat tarixidagi eng dahshatli urushda jasorat ko‘rsatib, bashariyatni fashizm balosidan…

Vatan fidoyilari xotirasi xalqimiz qalbida mangu yashaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. Yangi O‘zbekistonda “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh g‘oyasini tashkil etadi. Bu jihatlar Ikkinchi jahon urushi yillarida Vatan va xalq ozodligi yo‘lida mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatib,…

Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi

Shu kunlarda yurtimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Prezident farmoniga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga bir martalik pul mukofoti topshirilmoqda. Ularning holidan xabar olinib, mehr-ehtirom ko‘rsatilayotir. Yuz yosh bilan yuzlashib, hayotning barcha achchiq-chuchugini ko‘rgan bu insonlar uchun eng muhimi sog‘lik. Shuning uchun ularning salomatligini mustahkamlashga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Ayni kunlarda…

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan mamlakatimiz yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi. Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Vengriya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlarini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 7-may kuni qo‘shma Hukumatlararo komissiya tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyartoni qabul qildi. Peter Siyyarto davlatimiz rahbariga Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda uchinchi Toshkent investitsiya forumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi. Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yangi tayinlangan elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi

7-may kuni mamlakatimizga yangi tayinlangan xorijiy elchilar tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vengriya elchisi Yojef Roja, Eron Islom Respublikasi elchisi Muhammadali Iskandariy, Chexiya Respublikasi elchisi Lyubomir Frebort, O‘mon Sultonligi elchisi Vafo al-Busaidiy, Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi elchisi Muhammad Irqiydan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Davlatimiz rahbari xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini tayinlov…

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, bugun ham safimizda turib, Vatanimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish…