“UMRA” XIZMATLARINI KO‘RSATISHGA QARATILGAN NOQONUNIY REKLAMALAR TARQATGAN SUBYEKTLARGA NISBATAN CHORA KO‘RILDI
Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari, telegram kanallari va tashqi reklama vositalarida xususiy sayyohlik firmalari hamda turagentliklar tomonidan “Umra” ziyoratlari bilan bog‘liq joylashtirilayotgan reklama axborotlari keskin faollashgan, ayniqsa internet va ijtimoiy tarmoqlarda bunday reklamalar ko‘plab uchramoqda. Turli shakllarda berilayotgan mazkur reklamalarda, avvalo ko‘rsatiladigan xizmatlar, uchish, ziyorat kunlari, narxi va taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar hamda turoperatorlarning…