O‘zbekiston va Belarus yetakchilari “Amirsoy” tog‘-chang‘i majmuasida uchrashuv o‘tkazdilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko “Amirsoy” tog‘ dam olish maskaniga tashrif buyurdilar. Kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda davlat rahbarlari madaniy-gumanitar yo‘nalishda, shu jumladan sport va turizm sohalarida faol almashinuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar. Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida boshqa hujjatlar qatorida 2024-2025-yillarda Sport sohasida…