Andijon viloyatining mebelsozlik salohiyati ko‘zdan kechirildi
Davlatimiz rahbari “Andijon sanoat xabi”da viloyatda ishlab chiqarilayotgan mebellar ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Andijon viloyatida 377 ta mebelsozlik korxonasi faoliyat yuritmoqda. So‘nggi 5 yil davomida mazkur yo‘nalishda 35 million dollarlik 84 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 3 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Mebel ishlab chiqarish hajmi 2016-yilga nisbatan 15 barobarga ortgan. Mebelsozlar uchun soliq, bojxona to‘lovlari…