Ijtimoiy himoya tizimi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi. Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasiga alohida e’tibor qaratilib, ijtimoiy xizmat turlari va ko‘lami kengaytirib kelinmoqda. 2023-yil 1-iyunda davlatimiz rahbarining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi. Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi…

MUROJAAT FUQARO FOYDASIGA HAL ETILDI

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida istiqomat qiluvchi L.A.ning “HUMANS”  MChJ  xizmatidan norozilik bildirib qilgan murojaati Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Fuqaro 2023-yilning 23-noyabrida televizor uchun buyurtma berganligi, biroq televizor vaqtida yetkazib berilmaganligidan norozi bo‘lib, Raqobat qo‘mitasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qoldirgan. Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining…

Bugun 14-fevral – shoh va shoir, buyuk davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan kun

Zahiriddin Muhammad Bobur O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur millatimizning eng yorqin vakillaridan biridir. Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonning Axsikent tumanida tavallud topgan.

SAVOL: -Tovar (ish, xizmat) haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilganda iste’molchi zarar ko‘rishi. Bu holatda iste’molchi  qanday huquqlargа ega?

FUQARODAN SAVOL: -Tovar (ish, xizmat) haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilganda iste’molchi zarar ko‘rishi. Bu holatda iste’molchi  qanday huquqlargа ega? MUTAXASSI JAVOBI: Agar iste’molchiga tovar (ish, xizmat) haqida noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma’lumot berilganligi: zarur iste’mol xossalariga ega bo‘lmagan tovar (ish, xizmat) sotib olinishiga sabab bo‘lsa, iste’molchi shartnomani bekor qilishga va o‘ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab…

Joriy yilga mo‘ljallangan strategik islohotlar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-fevral kuni joriy yilda amalga oshirish mo‘ljallangan asosiy strategik islohotlar bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida 2030-yilga borib, mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmini 160 milliard dollarga, aholi jon boshiga daromadni 4 ming dollarga yetkazib, bu borada o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kirish maqsadi belgilangan. Buning uchun iqtisodiyotda transformatsiya jarayonlarini izchil davom…

O‘zbekiston Prezidenti Vengriyaning “OTP” guruhi bilan strategik sheriklikni kengaytirish rejalarini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-fevral kuni Vengriyaning eng yirik “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi. Uchrashuvda bank-moliya sohasidagi, shu jumladan “OTP” guruhiga davlatning “Ipoteka-bank”dagi ulushini sotish bo‘yicha bitim doirasidagi hamkorlikning ijobiy sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi. Davlatimiz rahbari bank xizmatlarini raqamlashtirish orqali ularning sifatini oshirish, kichik va oilaviy biznes uchun innovatsion va hamyonbop…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida»gi…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida»gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘mita raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahar va Qo‘shtepa, Toshloq tumanlarida o‘rganishlar olib bormoqda. Shuningdek, viloyatning qator tumanlarida Qarorda belgilangan topshiriqlarni bajarish yuzasidan tadbirkorlar ishtirokida mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda seminarlar tashkil…

Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoq orqali (https://www.facebook.com/watch/?v=1159169078407094) “Assalomu alaykum ANTIKORRUPSIYA OAVsi tahririyati, men «BO‘STONTRANSSERVIS» MChJ rahbari M.Q.Xudaybergenov bo‘laman. Sizdan quyidagi murojaatim bo‘yicha jurnalistik surishtiruvi o‘tkazib, tushunmovchiliklarga aniqlik kiritilishida amaliy yordam berishingizni so‘rayman”  mavzuida tanqidiy maqola joylashtirilgan. Mazkur murojaat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan murojaatda keltirilgan holatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport…

Qishloq xo‘jaligida unumdorlik va manfaatdorlikni oshirish choralari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-fevral kuni qishloq xo‘jaligida ishga solinmagan yangi zaxiralarni safarbar etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi ham miqdor, ham samaradorlik jihatidan rivojlanmoqda. Klaster tizimi orqali yuqori unumli texnika va chuqur qayta ishlash kirib kelmoqda. 2023-yilda sohada ishlab chiqarish 4,1 foizga o‘sib, 426 trillion so‘mni tashkil qilgan. Eksport…

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 14-yig‘ilishi ishtirokchilariga

Hurmatli delegatlar! Xonimlar va janoblar! Atrof-muhit va bioxilma-xillikni saqlash yo‘lidagi muhim xalqaro tadbir – Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyasi yig‘ilishining barcha ishtirokchilari va mehmonlarini samimiy tabriklayman. Avvalambor, Konvensiya kotibiyati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha dasturiga ushbu nufuzli anjumanni mamlakatimizda o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun chuqur minnatdorchilik izhor etaman. Jahon…