Raqobat qo‘mitasiga 2024-yilning 9 oyi davomida jami 39 302 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan

21 562 ta elektron 14 986 og‘zaki 2 757 ta yozma murojaatlarni tashkil etdi. Qo‘mitaga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarning asosiy qismi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunchilik (raqobatni cheklovchi xarakatlar, monopolist korxonalar bilan bog‘liq), savdo, maishiy va qurilish xizmati ko‘rsatish, aloqa va transport xizmati, kommunal soha va boshqa masalalariga to‘g‘ri kelmoqda.…

“KHANTEX-GROUP” MChJga NISBATAN MANIPULYATSIYA HARAKATLARINI SODIR ETGANLIGI UCHUN TEGISHLI TA’SIR CHORASI QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida, “KHANTEX-GROUP” MChJ tomonidan 2023-2024-yillarda 8 000 tonna hamda 2024-yil mart va aprel oylarida 8 000 tonna paxta texnik chigit mahsulotlari birja savdosiga oylik tasdiqlangan grafik asosida qo‘yilishini ma’lum qilgan. Shunga ko‘ra, korxona tomonidan 2024-yil mart oyida 3 000 tonna texnik chigit mahsuloti birja savdosiga umuman…

Andijon viloyatida tovar homashyo birja ishtirokchilarini yangi savdo instrumentlari hamda monopoliyaga qarshi komplaens tizimi bo‘yicha malaka oshirish o‘quv seminari o‘tkazildi.

Joriy yilning 21-22-oktyabr kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi “O‘zbekiston Respublikasi tovar-homashyo birjasi” AJ bilan hamkorlikda Andijon viloyatida “Tovar homashyo birja ishtirokchilarini yangi savdo instrumentlari hamda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi” mavzusida o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi. Mazkur malaka oshirish kursida, tovar homashyo birja ishtirokchilariga (broker, treyder) raqamli iqtisodiyot, birja savdolaridagi yangi…

«BARQAROR INVESTITSIYALAR VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH» XALQARO KONFERENSIYASI

2024-yil 22-oktyabr kuni Toshkentda «Barqaror investitsiyalar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi farovonligini oshirish» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Tadbirda 15 ta xorijiy kompaniyalar va 80 ga yaqin mahalliy kompaniya vakillari ishtirok etdilar. Konferensiyada Raqobat qo‘mitasi rais o‘rinbosari Farrux Karabayev mamlakatdagi islohotlar va kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi. Jumladan, raqobat siyosatini rivojlantirish va davlat ishtirokini qisqartirishga…

Yevropa xalqaro siyosiy iqtisodiyot markazi bilan uchrashuv

Bugun Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi direktori o‘rinbosari G‘. Xoljigitov va Yevropa xalqaro siyosiy iqtisodiyot markazi (ECIPE) direktori Filipp Lamprext o‘rtasida Zoom-uchrashuvi German Sparkassenstiftung for International Cooperation ko‘magida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini, ekspertlarni xalqaro loyihalarga jalb qilishni, shuningdek memorandum imzolashni muhokama qildilar.

IQTISODIY KONSENTRATSIYA BITIMIGA ROZILIK BERILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan “VETTERIA” MChJning “MEGA PREMIX” MChJni qo‘shib olish yuzasidan qilgan murojaati ko‘rib chiqildi. “MEGA PREMIX” MChJ — hayvonlar uchun ozuqa ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi korxona hisoblanadi. Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan kompleks tahlillar shuni ko‘rsatdiki, mazkur bitim qishloq xo‘jalik xomashyosi sotish bozorida raqobatni cheklashga yoki monopoliyani shakllantirishga olib kelmaydi. Shu munosabat bilan, Qo‘mita…

RAQOBAT QO‘MITASI AVIAKOMPANIYALAR FAOLIYATIDA ISTE’MOLCHILARNING BUZILGAN HUQUQLARINI TIKLAMOQDA

Raqobat qo‘mitasiga joriy yilning 9 oyida foydalanilmagan aviachipta pulini qaytarmaslik, yo‘lovchilarga parvozlar kechiktirilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazmayotganligi, shikastlangan bagaj uchun yuk qiymatini to‘liq qoplab berilmasligi va parvozlar vaqtida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarining talab darajasida emasligi yuzasidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatayotgan aviakompaniyalarga e’tirozlar bildirilgan jami 200 dan ortiq iste’molchilardan murojaatlar kelib tushgan. Qo‘mita tomonidan olib borilgan o‘rganishlar…

Joriy yilning 18-oktyabr kunida Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlar markazi va Japan International Cooperation Agency (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvda Markaz direktor o‘rinbosari G‘.Xoljigitov hamda JICA dasturlar bo‘yicha loyihalar shakllantirish maslahatchi Abe Naomi, loyihalar bo‘yicha yetakchi koordinator Sharipov Sharifzoda qatnashdilar. Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi Markaz va JICA o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash hamda hamkorlik uchun yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi. Suhbat yakunida tomonlar o‘zaro bilimlar almashinuvi, xodimlarning institusional salohiyatini mustahkamlash, yapon…

RAQOBAT QO‘MITASI TOMONIDAN RESPUBLIKA KESIMIDA ISTE’MOLCHILARNING AVTOMASHINALARNI XARID QILISHDAGI MUAMMOLARI O‘RGANIB BORILMOQDA

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida fuqarolardan avtomobillar, ularni sifati, yetkazib berish muddatlarining kechikishi, ehtiyot qismlaridagi nosozliklar va ularni kafolat muddatida ta’mirlashda muammolar yuzaga kelgani bo‘yicha 900 ga yaqin tushgan murojaatlarini ijobiy hal etdi. Navoiy viloyati misolida Hududiy boshqarmaga avtomobil sohasiga oid kelib tushayotgan yechimtalab murojaatlardan biri Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi…

500 dan ORTIQ UMUMIY OVQATLANISH SUBYEKTLARIDA KAMCHILIKLAR ANIQLANDI VA ULARNI BARTARAF ETISH YUZASIDAN VAKOLATLI ORGANLARGA MA’LUMOTLAR KIRITILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga joriy yilning o‘tgan davri mobaynida iste’molchilardan umumiy ovqatlanish korxonalarida (restoran kafe, oshxona va bufet) ko‘rsatilayotgan xizmatlarda sanitariya-gigiyena talablari buzilayotganligi, narxlarni oshirib qo‘llash hamda taomnomalarning davlat tilida taqdim etilmayotganligi yuzasidan 250 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan. Raqobat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan hamkorlikda respublikada…