Ayni vaqtda xalqimizning hurmat va e’tiborini, orzu-umidlarini har kuni, har daqiqada his etib, ana shu yuksak ishonchga munosib mehnat qilish – beqiyos mas’uliyat.
“Deputat – bu xalq xizmatchisi, barchaga o‘rnak bo‘ladigan, siyosiy bilimi va ongi yuksak, o‘z Vatanini chin dildan sevadigan insondir.
Oila, mahalla va butun jamiyatda tinchlik, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xalqaro maydonda O‘zbekiston manfaatlarini qat’iy himoya qilishda xalqimiz, barchamiz avvalo sizlarga tayanamiz.
Men Prezident sifatida sizlarni bu yo‘lda doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyorman.
Ishonchim komil, barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib, sidqidildan mehnat qilib, jonajon Vatanimizni albatta tom ma’noda erkin, obod va farovon mamlakatga aylantiramiz”,
– dedi Prezident nutqining yakunida.
Ayni paytda majlis davom etmoqda, deputatlar so‘zga chiqib, o‘z fikrlarini bildirmoqda (https://t.me/Press_Secretary_Uz/4999).