Sanoat mahsulotlari va yangi loyihalar taqdimot qilindi

Davlatimiz rahbari Buxoro viloyatining sanoat ko‘rgazmasi va yangi investitsiya loyihalari bilan tanishdi. Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda rejalashtirilgan loyihalar hamohang taqdimot qilindi. Ko‘rgazmada isitish tizimlari uchun katta va kichik qozonlar, og‘ir va yengil sanoat uchun detallar, turli o‘lcham va quvvatdagi sovutgichlar, elektrotexnika uskunalari, mototsikllar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, davlat xaridlarini tartibga solish mexanizmi namoyish etildi.…

“Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasida birinchi zavod ishga tushdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi arafasida “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasida “Enpipe” korxonasi ishga tushirildi. Umumiy qiymati 58 million dollar bo‘lgan loyiha to‘liq xorijiy investitsiya hisobidan amalga oshirildi. Xitoy, Turkiya, Niderlandiya va Ispaniyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilib, yiliga 300 ming tonna metall quvurlar ishlab chiqarish tashkil etildi. To‘g‘ri chokli uslubda tayyorlanuvchi bu quvurlar yuqori bosimga…

TADBIRKORLARGA TABIIY GAZ BO‘YICHA ASOSSIZ HISOBLANGAN MABLAG‘LAR QAYTA HISOB-KITOB QILINISHI TA’MINLANDI

Tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini himoya qilishda, Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tizimli va samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yil davomida ikki tadbirkorlik subyektining jami 15,0 mlrd so‘mlik manfaatlarini himoya qilinishi ta’minlandi. Ma’lumot uchun: Toshkent viloyatidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shohobchasi faoliyatini ko‘rsatuvchi MChJ Qo‘mitaga 2024-yil aprel oyida murojaat qilib, “Hududgazta’minot” AJ Toshkent viloyati filiali tomonidan…

Bahouddin Naqshband ziyoratgohi – tarixga hurmat ifodasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-may kuni Buxoro viloyatiga keldi. Tashrif xayrli amaldan – Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Qur’on oyatlari tilovat qilinib, xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab duo o‘qildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan majmua yanada obod qilinib, tarixiy asliyat tiklanmoqda. Ziyorat chog‘ida ushbu ishlar ko‘zdan kechirildi. Avvalo, Toqi miyona darvozasidan boruvchi tarixiy yo‘lak tiklandi. Endi ziyoratchilar Bahouddin Naqshband…

Prezident Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi. Tashrif dasturidan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirish va yirik obyektlar qurilishiga start berish, mahallalar hayoti bilan tanishish o‘rin olgan. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi vazifalari belgilab berilishi rejalashtirilgan. Tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshlanadi.

O‘zbekiston Prezidenti ICESCO bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni Xiva shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar turizm vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malikni qabul qildi. Ilm-fan, madaniyat, ta’lim va turizm sohalarida ushbu nufuzli mintaqaviy tuzilma bilan konstruktiv muloqot va samarali hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari…

O‘zbekiston Prezidenti Misr bilan parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni Misr Arab Respublikasi Senati raisi Abdulvahob Abdulroziq boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv avvalida Senat raisi O‘zbekiston yetakchisiga Misr Prezidenti Abddulfattoh as-Sisining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasidagi keng qamrovli sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Barcha darajadagi…

Energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Yildan-yilga energiya resurslariga talab oshib borayotgan zamonda ulardan oqilona foydalanish, isrofgarchilikni kamaytirishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Shu maqsadda 2024-yilda hududlarda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar shakllantirildi. Bu maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqarishga xalal bermagan holda energiya iste’molini…

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2023-yil va 2024-yil 1-choragi davomida qonunchilik talablarini buzgan subyektlarga nisbatan qo’zg’atilgan ishlar infografika ko’rinishida

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2023-yil va 2024-yil 1-choragi davomida qonunchilik talablarini buzgan subyektlarga nisbatan qo’zg’atilgan ishlar infografika ko’rinishida. Hisobot davrida jami qo’zga’tilgan ishlar soni 1 635 tani tashkil etdi. Batafsil infografikada

Banklarning investitsiyalar va biznesni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-may kuni “Asakabank” va Biznesni rivojlantirish bankining investitsiya faoliyati hamda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga oid taqdimoti bilan tanishdi. Mamlakatimizda investitsiya jarayonlari faol, iqtisodiy loyihalar talay. Shunga mos ravishda banklarning bundagi ishtiroki oshib, investitsion faoliyati kengayib bormoqda. Taqdimotda “Asakabank” va Biznesni rivojlantirish bankining shu boradagi joriy yilgi rejalari ko‘rib chiqildi. Xususan, “Asakabank”…