BOZORDA DAVLAT KORXONALARINING ISHTIROKI

Joriy yilning 4-5-iyun kunlari Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) bilan birga amalga oshirilayotgan “Raqobatbardoshlikni ta’minlashning adolatli bozor shartlari” loyihasi doirasida tadbirlar o‘tkazilmoqda. 4-iyun kuni Toshkent shahrida “Bozorda davlat korxonalarining ishtiroki” mavzusida 3-davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Raqobat qo‘mitasi raisi oʻrinbosari A.Qayumov kirish soʻzi bilan davrani ochib davlat mulkini xususiylashtirish va davlat korxonalarini korporativ boshqarish boʻyicha…

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 6-iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Tashrif doirasida Anqara shahrida ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Sammit kun tartibidan O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o‘rin olgan. Amaliy hamkorlikni…

IQTISODIY HAMKORLIK VA TARAQQIYOT TASHKILOTI (IHTT) VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

Joriy yilning 4-iyun kuni Raqobat qo’mitasi rahabariyati boshchiligida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o’tdi. Uchrashuvda, istiqbolda “Raqobatbardoshlikni ta’minlashning adolatli bozor shartlari” loyihasi doirasida hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar hamda loyihalar muhokama qilindi. Xususan, uchrashuvda Qo‘mita mutasaddilari tomonidan raqobat muhitini yaxshilash maqasadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shu jumladan, hukumat…

Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yo’lida muhim Prezident Farmoni imzolandi

Prezidentning «Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va O’zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish bo’yicha navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoniga ko’ra, qonunchilik bilan taqdim etilgan quyidagi maxsus (eksklyuziv) huquqlar bekor qilindi: 2025-yil 1-yanvardan boshlab: “O‘zmetkombinat” AJ: respublika hududida qora metall lomi va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish) huquqi; “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ: respublika hududida rangli metall lomi va…

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori bilan Raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Quyidagilar raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarning, shuningdek, iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishning belgilari hisoblanadi: narxlarni sun’iy tarzda oshirish yoki pasaytirish to‘g‘risida kelishuv; bir xil preyskurantni yoki narxni tasdiqlaydigan buyruq (bayonnoma, farmoyish)ni qo‘llash Batafsil infografikada Qaror bilan…

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIGA QANDAY ERKINLIKLAR BERILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tabiiy monopoliya va raqobat to‘g‘risidagi ikkita qonun bilan ish faoliyatini ko‘rsatar edi. Ikkita qonunning birlashtirilishi natijasida yangi tahrirdagi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun paydo bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni 2023-yilning 3-oktyabridan kuchga kirdi. Qonunning kuchga kirishi natijasida tadbirkorlik subyektlariga qanday erkinliklar berildi? Raqobat qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i…

Turizm infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-iyun kuni hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Dunyoda iqtisodiy vaziyat qiyinlashgan hozirgi sharoitda ko‘proq ish o‘rni yaratadigan, investitsiya va eksportni ko‘paytiradigan sohalarni qo‘llab-quvvatlash zarur. Turizmda bunday salohiyat katta. Bu sohaga yo‘naltiriladigan har bir dollar kelgusida 3-4 barobar daromad keltiradi. Har bir…

Prezident ipakchilik korxonasini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “G‘ijduvon ipak tola” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Mamlakatimizda bu tarmoqda ham klaster tizimi joriy etildi. Jumladan, 74 ta pilla-ipakchilik klasteri va 11 ta urug‘chilik korxonasi tashkil qilindi. Tut maydonlari 40 ming gektardan 55 ming gektarga kengaydi. Bularning natijasida pilla yetishtirish hajmi 2,5 barobar, ipak mahsuloti eksporti 3 barobar ko‘paydi. “G‘ijduvon ipak tola”da…

Odamlarga munosib sharoit yaratib, ishli qilish – strategik vazifa

G‘ijduvon tumanida 1-iyun kuni Buxoro viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zining boshida hududdagi o‘zgarishlarni qayd etdi. So‘nggi yillarda viloyat iqtisodiyoti 1,5 barobar o‘sib, 53 trillion so‘mdan oshgan, aholi jon boshiga 26 million so‘mga yetgan. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatishda 4 ming 600 ta korxona tashkil etilib, 90 mingta…

1-IYUN – XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI!

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirga Qo‘mita markaziy apparat xodimlarining farzandlari taklif etildi. Bolajonlar shou dasturlarda animatorlar ishtirokida raqslarga tushdilar, turli shirinliklardan bahramand bo‘ldilar. Shaxmat, shashka,basketbol, stol tennisi va badminton kabi sport musobaqalarida o‘zaro kuch sinashdilar. Musoqaba g‘oliblari Qo‘mitaning diplom…