Raqobat qo‘mitasi mutasaddilari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT)…

Ayni damda Raqobat qo‘mitasi mutasaddilari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida Raqamli iqtisodiyot bo‘yicha sherikchilik Bitimi loyihasi yuzasidan o‘tkazilayotgan muzokaralarda ishtirok etishmoqda. Ushbu Bitimning asosiy maqsadi elektron tijorat orqali a’zo davlatlar o’rtasida savdo aloqalarini mustahkamlash bilan birga raqamli bozorlarda raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishdan iborat.

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

24-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari Dog‘istonda sodir etilgan terrorchilik harakatlari munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi, halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik va dalda so‘zlarini bildirdi. O‘zbekiston Prezidenti bu g‘ayriinsoniy zo‘ravonlikni qat’iy qoraladi hamda xavfsizlik sohasidagi umumiy tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalar o‘rtasidagi…

Oʼzbekiston va Moʼgʼuliston Prezidentlari Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar

Oliy darajadagi Oʼzbekiston-Moʼgʼuliston muzokaralari yakunlangach, Koʼksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi boʼlib oʼtdi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Uxnaagiyn Xurelsux xalqlarimiz oʼrtasidagi doʼstlik va hamkorlik, ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishga boʼlgan oʼzaro intilish ramzi sifatida Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar.

Oʼzbekiston va Moʼgʼuliston Prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv oʼtkazdilar

Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Moʼgʼuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv oʼtkazdilar. Tadbirda Moʼgʼulistonning MCS Investment, Mongol Basalt, Tavan Bogd Group, Asia Pharma, Khanbogd Cashmere, Erdenezoo Trans, ICT Group, ORDGEO, LBH Technology, NCD Group, Mega Wood, Modern Nomads kabi yetakchi kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi. Oʼzbekiston tomonidan Basalt Uzbekistan, BMB Holding,…

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston Prezidentlari muzokaralarning amaliy natijalaridan mamnunligini bildirdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar. Yetakchilar ochiq va ishchan muhitda bo‘lib o‘tgan muloqotning samarali natijalaridan mamnun ekanliklarini, amaliy hamkorlikning barcha asosiy yo‘nalishlari atroflicha ko‘rib chiqilganini ta’kidladilar. Davlatimiz rahbari Mo‘g‘uliston Prezidentining ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi birinchi tashrifi O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stligini…

O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston ko‘p qirrali hamkorligini kengaytirishga qaratilgan kelishuvlarning salmoqli to‘plami imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning samarali muzokaralari yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Yetakchilar Davlatlararo munosabatlar va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladilar. Davlat tashrifi davomida jami 14 ta hujjat imzolandi, jumladan: – Savdo, iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik to‘g‘risidagi 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan hukumatlararo dastur; – Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo…

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston Prezidentlari ko‘p qirrali hamkorlikning yangi dasturini tayyorlash to‘g‘risida kelishib oldilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o‘tkazdilar. Suhbat avvalida Mo‘g‘uliston Prezidenti davlatimiz rahbariga O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelish taklifi va ko‘rsatilayotgan samimiy qabul uchun chin dildan minnatdorlik bildirdi. Mamlakatimiz rahbari oliy martabali mehmon va rasmiy delegatsiyaning barcha a’zolarini dildan qutlab, Mo‘g‘uliston Prezidentining ilk davlat tashrifi…

Mo‘g‘uliston Prezidenti tantanali kutib olindi

24-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy…

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI BO‘YICHA QO‘MITA TURNIRI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 22-iyun kuni Yoshlar kuni munosabati bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha Qo‘mita turniri o‘tkazildi. Ushbu Turnir avvalgilaridan farqli o‘laroq, tabiat qo‘ynida – Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Olmos” dam olish maskanida o‘tkazildi. Unda Qo‘mita markaziy apparati va tizim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi 60 ga yaqin xodimlar intellektual…

Mo‘g‘uliston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekiston Respublikasiga keladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23-26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Oliy martabali mehmon tashrifining dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Xususan, kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni…