Tanlov bayonnomasi bekor qilingan va g‘olib tashkilot bilan shartnoma tuzish rad etilganligi ma’lum bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoq orqali “Shumanay tuman yo‘llardan foydalanish” DM (Buyurmachi) tomonidan boshlang‘ich narxi 343,8 mln. so‘mlik yuk tashish xizmati bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda manfaatlar to‘qnashuvi alomatlari bo‘lishi mumkinligi” bo‘yicha murojaat qoldirilgan. Jumladan, katta ehtimol bilan tanlov g‘olibi va zaxira g‘olibi bitta “IP” manzilidan hujjatlarni taqdim etganligi, ishtirokchilar tartibsiz (asossiz) baholanganligi hamda tanlov g‘olibi va zaxira g‘olibi aksariyat hujjatlarni bir…