Odamlarga munosib sharoit yaratib, ishli qilish – strategik vazifa

G‘ijduvon tumanida 1-iyun kuni Buxoro viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zining boshida hududdagi o‘zgarishlarni qayd etdi. So‘nggi yillarda viloyat iqtisodiyoti 1,5 barobar o‘sib, 53 trillion so‘mdan oshgan, aholi jon boshiga 26 million so‘mga yetgan. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatishda 4 ming 600 ta korxona tashkil etilib, 90 mingta…

Prezident namunaviy yo‘l infratuzilmasini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanida yangi loyiha asosida ta’mirlangan avtomobil yo‘lini ko‘zdan kechirdi. Buxoro viloyatida 15 ming 400 kilometr avtomobil yo‘llari mavjud. Shundan 486 kilometri xalqaro ahamiyatga ega. Ularda kuniga o‘rtacha 45-50 mingta transport vositalari harakatlanadi. Shu yil 29-yanvarda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari bu sohaga alohida to‘xtalib, yo‘llarni sifatli qurish, ko‘chalar bo‘yida xizmatlarni rivojlantirish…

Sanoat hududi yonida “Yangi O‘zbekiston” massivi qad ko‘tardi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rdi. Hududda ilgari bunchalik keng ko‘lamli qurilish bo‘lmagan edi. Davlatimiz rahbarining 2021-yil 13-avgustdagi qaroriga muvofiq “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan keyin sanoat jadal sur’atga kirdi. Undagi zavodlarda kelgusida minglab odamlar ish bilan ta’minlanadi. Qolaversa, yurtimizning boshqa hududlaridan ham mutaxassislar kelib ishlaydi. Ularga qulaylik, oilalariga munosib…

Buxoroda yirik majmualar qurilishi boshlandi

Davlatimiz rahbarining hududlarga tashrifi ulkan loyihalarga asos bo‘lishi yaxshi an’anaga aylangan. Bu gal ham shunday bo‘ldi – Buxoro viloyatida yirik energetika va transport majmualarining qurilishi boshlandi. Mamlakatimizda so‘nggi 5 yilda qayta ishlash sanoati hajmi 1,4 barobarga ko‘payib, birgina o‘tgan yilda 553 trillion so‘mni tashkil etdi. Buxoroda esa bu ko‘rsatkich 1,6 barobarga oshib, 30 trillion so‘mga…

Shavkat Mirziyoyev buxorolik faollar bilan suhbatlashdi

Davlatimiz rahbari Qorako‘l tumanida jamoatchilik vakillari bilan suhbatlashdi. Buxorolik nuroniylar ijtimoiy davlat tamoyili asosida joylarda inson manfaatlari ta’minlanayotganini aytishdi. Zamonaviy maktab va institutlar tashkil etilib, bolalar ta’lim-tarbiyasiga imkoniyatlar kengaymoqda. Aholining salomatligi doimiy nazoratda. Iqtisodiy-ijtimoiy dasturlar natijasida tumanlarga sanoat kirib borayapti, mahallalar obod bo‘lmoqda. Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilishga keng yo‘l ochilgan. Sayxunobod tajribasi asosida…

Sanoat mahsulotlari va yangi loyihalar taqdimot qilindi

Davlatimiz rahbari Buxoro viloyatining sanoat ko‘rgazmasi va yangi investitsiya loyihalari bilan tanishdi. Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda rejalashtirilgan loyihalar hamohang taqdimot qilindi. Ko‘rgazmada isitish tizimlari uchun katta va kichik qozonlar, og‘ir va yengil sanoat uchun detallar, turli o‘lcham va quvvatdagi sovutgichlar, elektrotexnika uskunalari, mototsikllar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, davlat xaridlarini tartibga solish mexanizmi namoyish etildi.…

“Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasida birinchi zavod ishga tushdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi arafasida “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasida “Enpipe” korxonasi ishga tushirildi. Umumiy qiymati 58 million dollar bo‘lgan loyiha to‘liq xorijiy investitsiya hisobidan amalga oshirildi. Xitoy, Turkiya, Niderlandiya va Ispaniyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilib, yiliga 300 ming tonna metall quvurlar ishlab chiqarish tashkil etildi. To‘g‘ri chokli uslubda tayyorlanuvchi bu quvurlar yuqori bosimga…

Bahouddin Naqshband ziyoratgohi – tarixga hurmat ifodasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-may kuni Buxoro viloyatiga keldi. Tashrif xayrli amaldan – Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Qur’on oyatlari tilovat qilinib, xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab duo o‘qildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan majmua yanada obod qilinib, tarixiy asliyat tiklanmoqda. Ziyorat chog‘ida ushbu ishlar ko‘zdan kechirildi. Avvalo, Toqi miyona darvozasidan boruvchi tarixiy yo‘lak tiklandi. Endi ziyoratchilar Bahouddin Naqshband…

Prezident Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi. Tashrif dasturidan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirish va yirik obyektlar qurilishiga start berish, mahallalar hayoti bilan tanishish o‘rin olgan. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi vazifalari belgilab berilishi rejalashtirilgan. Tashrif Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshlanadi.

O‘zbekiston Prezidenti ICESCO bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni Xiva shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar turizm vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malikni qabul qildi. Ilm-fan, madaniyat, ta’lim va turizm sohalarida ushbu nufuzli mintaqaviy tuzilma bilan konstruktiv muloqot va samarali hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari…