«Cengiz Holding» kompaniyasi O‘zbekistondagi biznesini kengaytirish bo‘yicha yangi rejalarini taqdimot qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-avgust kuni Turkiyaning «Cengiz Holding» kompaniyasi boshqaruvi raisi Mexmet Jengiz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ta’kidlash joizki, Turkiyaning yetakchi ko‘p tarmoqli xoldingi ishtirokida O‘zbekistonda ikkita loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi…











