O‘zbekiston Prezidenti Yevropa kengashi Prezidenti bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifi doirasida 18-sentabr kuni o‘ziga ajratilgan qarorgohda Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelni qabul qildi. O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki tomonlama munosabatlarda bugun g‘oyat yuksak darajaga erishilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.…

Akademik Naim Karimov vafoti munosabati bilan hamdardlik

O‘zbekiston ilm-fani va adabiyoti og‘ir judolikka uchradi. Filologiya fani sohasida atoqli olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Naim Karimov shu yil 17-sentabr kuni 91 yoshida vafot etdi. N.Karimov 1932-yil 12-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ildi. 1955-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)ni tamomlab, ushbu oliy ta’lim muassasasining aspiranturasida tahsil oldi. O‘z mehnat faoliyatini…

O‘zbekiston Prezidenti AQSHga keldi

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi. Bugun davlatimiz rahbari Nyu-York shahriga keldi. Aeroportda oliy martabali mehmonni Nyu-York shahri meri Erik Adams, AQSH-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Tashrif dasturiga muvofiq, 19 sentyabr kuni davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti…

Dushanbega amaliy tashrif yakuniga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi. Davlatimiz rahbari tashrifning birinchi kuni Dushanbeda Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etdi. Tashrifning ikkinchi kunida Prezidentimiz Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishda nutq so‘zladi. Tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlangach, Prezidentimiz Toshkentga jo‘nab…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Tojikiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Emomali Sharipovich Rahmonga iliq qabul hamda uchrashuvimizni yuksak darajada tashkil etgani uchun bildirilgan minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman. Barcha hamkasblarimni Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan chin dildan tabriklayman. O‘tgan davrda Jamg‘arma ekologik tahdidlarga qarshi kurash masalalarida umumiy manfaatlarimizni ilgari surish uchun muhim maydon sifatida g‘oyat…

O‘zbekiston Prezidenti Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rsatib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 15 sentyabr kuni Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Tojikiston tomoni raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, shuningdek, Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari Adilbek Qasimaliyev va BMT Bosh kotibining…

O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo yetakchilari sammiti doirasida rasmiy, ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarda ishtirok etdi

Dushanbe shahridagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasida rasmiy tadbirlar, konsert hamda mintaqa mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov hamda faxriy mehmon – Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi kelgusi hamkorlik istiqbollari yuzasidan qator takliflarni ilgari surdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 14-sentabr kuni Dushanbe shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi. Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon raisligida o‘tgan sammitda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, faxriy mehmon sifatida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvidagi nutqi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvining barcha ishtirokchilarini chin qalbimdan qutlayman. Avvalambor, an’anaviy iliq qabul va tadbirni yuksak darajada tashkil etgani uchun Tojikiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Emomali Sharipovich Rahmon nomiga bildirilgan minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman. Bugungi uchrashuvimizda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti hurmatli Ilhom Haydarovich Aliyevni ko‘rib turganimdan xursandman. Sizning ishtirokingiz mintaqa mamlakatlarining Ozarbayjon…

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuvdan boshlandi. O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining amaliy jihatlariga, eng avvalo, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada…