O‘zbekiston Prezidenti Yashil ipak yo‘li doirasidagi xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 oktyabr kuni Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ochilish marosimida hamda “Inson va tabiat uyg‘unligi yo‘lida “Yashil ipak yo‘lini” birgalikda barpo etish” mavzusidagi yalpi yig‘ilishida ishtirok etdi. Xitoy vitse-prezidenti Xan Chjen moderatorligida o‘tgan sammit ishida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, davlat va hukumatlar yetakchilari, moliyaviy…

O‘zbekiston Prezidentining Xitoyga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pekin shahriga tadbirlarga boy tashrifi yakunlandi. Tashrif chog‘ida davlatimiz rahbari Xitoy Raisi Si Szinpin va Vetnam Prezidenti Vo Van Txiong bilan muzokaralar o‘tkazdi. Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi, ushbu mamlakatning yetakchi «Ameri International», «CAMCE», «China Energy», «State Grid» korporatsiyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti rafiqasi bilan birga…

“Bir makon, bir yo‘l” forumi ishtirokchilari tantanali kutib olindi

Pekin shahridagi Xalq yig‘inlari uyida “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumida ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va rafiqasi tantanali kutib oldi. Marosimda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev,…

O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-oktabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazdi. O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv avvalida Prezidentimiz taklif va ko‘rsatilayotgan samimiy qabul uchun Xitoy yetakchisiga minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston rahbari XXR Raisini Xitoy tashkil topgan kun hamda…

O‘zbekiston Prezidenti Xitoyning yetakchi “Amer International” kompaniyasi raisini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-oktabr kuni Pekin shahriga amaliy tashrif doirasida o‘ziga ajratilgan qarorgohda “Amer International” industrial-sanoat xoldingi raisi Van Veninni qabul qildi. Xitoyning yetakchi konglomeratlaridan biri bo‘lgan “Amer International” yuksak texnologiyalar, elektronika, yarimo‘tkazgichlar sanoati, konchilik va qayta ishlash tarmoqlaridagi loyihalar bilan shug‘ullanadi. Kompaniya “Fortune 500” global reytingiga kirgan. Xitoyda va uning tashqarisida umumiy…

O‘zbekiston Prezidenti Pekinga keldi

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga amaliy tashrif bilan Pekin shahriga keldi. “Shoudu” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini XXR favqulodda vaziyatlar vaziri Van Syansi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Oliy martabali mehmonlar sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Tashrif doirasida 17-18-oktabr…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasidagi nutqi

Hurmatli Bosh kotib janoblari! Hurmatli delegatsiya rahbarlari! Xonimlar va janoblar! Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasining ochilish marosimida barchangizni samimiy qutlashdan baxtiyorman. Tashkilotimizning yubiley yig‘ilishi Buyuk ipak yo‘lining durdonasi, Yangi O‘zbekistonning yirik sayyohlik maskani bo‘lgan ushbu qadimiy shaharda o‘tkazilayotgani chuqur ramziy ma’noga ega. Jahon sivilizatsiyalari chorrahasida joylashgan bu betakror shahar asrlar mobaynida Sharq va G‘arbni…

Prezident turizm ko‘rgazmasi bilan tanishdi

Davlatimiz rahbari Samarqanddagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida tashkil etilgan O‘zbekistonning turizm salohiyati ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Ma’lumki, shu kunlarda Samarqandda Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu mamlakatimizdagi ochiqlik va erkinlik, ulkan sayyohlik salohiyatining e’tirofi, deyish mumkin. Ushbu omillarga tayanib, yurtimizda turizmni rivojlantirish uchun barcha qulayliklar yaratilmoqda. Salkam yuzta mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga…

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 17-18-oktabr kunlari “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Pekin shahrida bo‘ladi. Yubiley sammitning kun tartibidan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiyaviy o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, “yashil” taraqqiyot, raqamlashtirish dasturlarini ilgari surish va boshqa masalalar o‘rin olgan.…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti MDH sammitida ishtirok etdi

Amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov raisligida o‘tgan sammit ishida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali…