Qarshi tumanida yangi shifoxona quriladi

Davlatimiz rahbari Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida rejadan tashqari tarzda Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga bordi. Uning binosi o‘tgan asrning 60-70-yillarida qurilgan. Shifoxona 228 bemor o‘rniga va poliklinika 250 qatnovga mo‘ljallangan. Hozirda tumandagi 243 ming aholiga xizmat ko‘rsatadi. Lekin bu yerdagi sharoitlar shuncha qamrovga va zamon talabiga mos emas. Ayrim jihozlarni yangilashga zarurat bor. Prezidentimiz tibbiy bo‘limlar va…

Aholiga munosib turmush sharoitlari yaratish — islohotlarning asosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan tanishish maqsadida 24-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatiga keldi. Davlatimiz rahbari butun faoliyati davomida har bir soha bo‘yicha bevosita joylarga chiqib, xalq bilan muloqot qilib, aholi hayotidan kelib chiqib ish yuritadi. Mamlakatimiz hududlariga tashriflardan asosiy maqsad — qishloq aholisining turmush darajasini ko‘tarish, tumanlarni sanoatlashtirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, ijtimoiy sharoitlarni…

Prezident Qashqadaryoda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi turmushi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Tashrif davomida sanoat korxonalari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, mahallalarda bo‘lish rejalashtirilgan. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yil yakunigacha va kelgusi yilda amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash choralari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-oktabr kuni hududlarda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yaxshilash, oziq-ovqat ekinlarini ekish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan hududiy va ijtimoiy dasturlarda ichimlik suvi ta’minoti alohida o‘rin egallaydi. Bu borada xizmat sifatli va doimiy bo‘lishi uchun narx mutanosibligi muhim. Tahlillarga qaraganda, bugungi kunda 1 kub metr ichimlik suvi tannarxi…

O‘zbekiston Prezidenti AQSH delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-oktabr kuni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)  administratori Samanta Pauer boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Delegatsiya Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSHning vazirlar darajasidagi taraqqiyot masalalari bo‘yicha uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turibdi. Konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonda USAID bilan hamkorlikda sog‘liqni saqlash, ta’lim, “yashil”…

O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Muhtaram vatandoshlar!  Siz, azizlarni jonajon yurtimizda keng nishonlanayotgan qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Hech shubhasiz, azaliy qadriyatlarimiz gultoji bo‘lgan ona tilimiz asrlar sinovidan bezavol o‘tib kelayotgan buyuk va bebaho ma’naviy boyligimizdir. Mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni va ahamiyatini oshirish, uni zamon talablari asosida rivojlantirish masalasini biz…

2024-yil uchun davlat budjetining asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yil uchun davlat budjetining asosiy yo‘nalishlari hamda tarmoq va hududlarda amalga oshiriladigan vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Davlat budjeti daromadlarini ko‘paytirish, xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha har bir soha, tarmoq va hududlar kesimida mavjud zaxira va imkoniyatlar atroflicha tahlil qilindi. Avvalo, yirik sanoat tarmoqlarida xarajatni qisqartirish orqali tannarxni kamaytirish bo‘yicha aniq vazifalar…

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining ikkinchi yig‘ilishi ishtirokchilariga

Hurmatli Xavfsizlik kengashlari kotiblari! Muhtaram Bosh kotib! Hurmatli delegatsiya a’zolari! Turkiy sivilizatsiya markazlaridan biri bo‘lgan Toshkent shahriga tashrif buyurgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblari ikkinchi yig‘ilishining barcha ishtirokchilarini chin qalbimdan qutlayman. Avvalo, sizlarning timsolingizda hamkasblarim – Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlariga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromimni hamda O‘zbekiston raisligini qo‘llab-quvvatlaganlari uchun samimiy minnatdorchiligimni…

Erishilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar va kelgusi prognozlar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida joriy yilning 9 oyida erishilgan iqtisodiy natijalar, yil yakunigacha kutilayotgan ko‘rsatkichlar va 2024-yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy prognozlar muhokama qilindi. Joriy yilning 9 oyida mamlakatimiz iqtisodiyoti 5,8 foizga o‘sdi. Jumladan, sanoat 5,7 foiz, qishloq xo‘jaligi 4,1 foiz, xizmatlar 12,1 foizga oshdi. Jahon bozorlari va logistikadagi murakkabliklarga qaramay, eksport 23,5 foizga oshib, 17,7 milliard dollarni tashkil…

O‘zbekiston Prezidenti Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi Raisi bilan uchrashdi

Xitoyga tashrif tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi Raisi Van Xunin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbatda Xitoy tomoni davlatimiz rahbari “Makon va yo‘l” uchinchi xalqaro forumida ilgari surgan muhim tashabbuslarni yuksak baholadi va buning uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va…